Ibrohim alayhissalom davridagi Ka’ba
Assalomu alaykum! Shayx xazratlari qalamiga mansub “Islom tarixi” kitobini mutoala qila turib bir xolat yuzasidan savol tug‘ildi: Alloh subhanaxu va taolo Ibrohim surasi 37-oyatida marxamat qilishicha, Ibrohim alayhissalom Hojar onamiz go‘dak Ismoilni hozirgi Ka’bai muazzamaning o‘rniga qoldirib Alloh taologa iltijo ila quyidagicha duo qiladilar : «Robbimiz, xaqiqatda men o‘z zurriyotimni Baytul xaromning yoniga, giyoxsiz vodiyga joylashtirdim. Robbimiz, namozni to‘kis ado etishlari uchun. O‘zing odamlardan ba’zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar» Savol: Bilamizki, Baytullohni Ibroxim alayhissalom va o‘g‘illari Ismoil alayhissalomlar Allohning buyrug‘iga ko‘ra o‘sha voqeadan bir necha yil o‘tib bunyod etganlar. Undan avval xam Baytulloh bo‘lganmi? Oyati karimadagi Baytul harom nimani anglatadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Poydevori bo‘lgan. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 157 | Islam
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Poydevori bo‘lgan. Vallohu a’lam!
2 May 2022, 22:45 | Savol-javoblar | 157 | Islam