Choyni 3 marta qaytarib ichish
Assalamu alaykum! Choyni 3 marta qaytarib keyin ichish sunnatmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qanday choy ichganlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida arablar choy iste’mol qilganlari haqidagi ma’lumot tarix kitoblarida zikr qilinmagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham choy ichganliklari biror bir hadisda kelmagan. Hadislarda ichimlikka puflamaslik va uchga bo‘lib ichish haqida kelgan. Choyni uch marta qaytarish ta’mi yaxshiroq chiqishi uchun bo‘lsa kerak. Vallohu a’lam.
29 Aprel 2022, 17:48 | Savol-javoblar | 206 | Turli savollar