Erni roziligi

Assalomu alaykum! Ayol kishi 5maxal namoz o‘qib ramazonda ro‘za tutib erni rozi qilsa jannatiy deyilgan. Man so‘ramoqchi bo‘lganim turmushdan ajraganimga ikki yil bo‘ldi. Erim telefonda taloq so‘zini  uch-to‘rt marta qayta-qayta aytgan. Bizga taloq tushganmi? Tushgan bo‘lsa man ota uyimdaligimda aytgan, erimni uyida idda o‘tirmaganman. Buni xukmi nima bo‘ladi? Xozir turmushdan qaytganman ikki yil bo‘ldi 5 maxal ibodat qilyapman, xijobga kirganman, alxamdulillax tavba qildim. Allohim bilib bilmay qilgan gunoxlarimni kechirsin. Erim bilan ajralishganim uchun uni norozi qilgan bo‘ldim, u xozir mendan keyin ikki marta uylanib ajrashdi. Ibodatlarim qabul bo‘lmaydimi? Alloh asrasin jannat eshiglari man uchun ochilmaydimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tgan ishlarga salovat. Sizlarga uch taloq tushgan. Eringiz bilan qayta yarashishingiz mutlaqo joiz emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar