Ahli kitoblar so‘ygan jonliq

Assalomu alaykum! Ma’lumki dinimizda duo qabul bo‘lishligi uchun luqmaga katta e’tibor beriladi. Men ancha yildan beri Rossiyada ishlayman, lekin bir narsada ikkilanaman. Kitob berilganlardan murod yahudiy va nasroniylardir. Adashmasam “Baqara” va “Moida” suralarida kitob berilganlarning dinlari bo‘yicha so‘ygan go‘shtlari bizga halol qilinganligi to‘g‘risida oyat bor. Lekin biz ular o‘zlarining dinlari bo‘yicha so‘yganlarini qaerdan bilamiz? Ma’lumki Rossiya bozorlarida sotuvchilar bitta rastada mol hamda cho‘chqa go‘shtini yonma-yon qo‘yishadi va tarozi, bolta va hatto qo‘lidagi rezina qo‘lqopi, tashiydigan aravalarigacha bitta bo‘ladi va aksar musulmonlar go‘shtni bozorlardan oladi. Bu juda ham xatarli bo‘lgan holat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kabi holatlarda eyilmaydi.
Shariatimizda ikki narsa asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi: Asli harom bo‘lgan narsaning shar’iy yo‘l bilan halol qilingani sobit bo‘lmagunicha u haromligicha qoladi.  Masalan, go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ularning qoni chiqib ketmagani va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilinmagani uchun go‘shti haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani aniq bo‘lgachgina halol deb hukm qilinadi.
Ikkinchisi: Asli halol bo‘lgan narsalarning biror yo‘l bilan harom qilingani sobit bo‘lmasa, ular halolligicha qoladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 143 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar