El kelishi sabab, tahorat sinsa istinjo qilinadimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ilmingiz bundan ham ziyoda bo‘lsin. Savolim bir oz noodatiy bo‘lsa, oldindan uzr. Tahorat juda nozik amal. Shu amalni ado etamiz, lekin ba’zilarda qorin dam bo‘lib el chiqishi nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Shuni tahoratni yaqinda ya’ni ikki soat oldin qilgan-u, ammo keyin el chiqqan. Shunda tahorat qaytadan qilinadimi yoki yuz, qo‘l, oyoqlar chayilish bilan ham bitirsa bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Istinjo qilmaydi, qolgan hammasini qiladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 162 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar