Juma xutbasi haqida

Assalomu alaykum! Ma’lumki bizning diyorimizda juma namozining xutbasi ma’lum bir ko‘rinishda arab tilida duo tarzida o‘qiladi. Boshqa ba’zi bir diyorlarda, garchi ular ham xanafiy mazhabi sohiblari bo‘lsalar-da, o‘sha yurt tilida orasida arab tilidagi duolarni qo‘shgan holda o‘qiganliklarining guvohi bo‘lganmiz. Bunda xutba mavzusi turlicha bo‘lib, birinchi katta qismida oyatlar va hadislardan xutba qilinadi, ikkinchi kichik qismida esa kunlik extiyojlarga xos xutba qilinadi. Bu ikki qism orasida imom ham o‘tirgan holda, jamoa ham qo‘l ochib har kim o‘zi duo qiladi. Bir tanishimiz birinchi marta o‘sha diyorning jumasida qatnashib, namoz tugagandan keyin "imom xutba o‘qimadi-yu" deb hayron qolgan holatlari ham bo‘lgan, chunki o‘zimizda to‘liq arab tilida o‘qiladi. Savolim shundan iboratki, bizning diyorimizda xutbaning bunday tarzda o‘qilishi mustamlaka davridagi ta’qiqlar natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinmi yoki boshidan-bosh shunday o‘qilib kelinyaptimi? Bizning diyorlarda 16-19 aslarda ham xutba shunday tarzda o‘qilganmi? Xutbaning tarkibiy qismi haqida, uning tarkib jihatdan o‘zgargan davrlari va sabablari to‘g‘risida ma’lumot bersangiz. Katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonalaridan buyon arab tilida o‘qiladi. Xalq tushunmagani uchun undan oldin xalq tilida maruza qilish joriy qilingan. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 200 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar