Vazn suv

Muhtaram shayx hazratlari! Qur’oni Karimni tarozuning bir pallasiga qo‘yib, ikkinchi pallasiga bo‘sh idish qo‘yib va uni ichiga Qur’oni Karim bilan vazni teng keladiga suv quyib niyatlarini aytib ichsa bo‘ladimi? Bu haqida menda ilm yo‘q. Nimagadir bid’at bo‘lib ko‘rindi. Sizga ishonganim bois sizdan so‘rashga qaror qildim. Bu suvni ichib yursa har qanday yomon ko‘zlar yana birnimalardan asrar ekan va bu suv vazn suv deb atalar ekan. Bu masalada hatto ho‘jaynim bilan gap talashib qoldik. Yoki men xato qilyapmanmi? Javobingiz uchun tashakkur! Alloh barchamizni hidoyat yo‘lidan adashtirmasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu mutlaqo noto‘g‘ri ish. Duolarni o‘qib, odam o‘ziga dam solib yurishi kerak.

3 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 181 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar