Qaynonam roziligini olib yashaymi?

Assalomu alaykum! Biz katta xovlida to‘rt oila bo‘lib yashaymiz. Ya’ni ovsinlar bilan. qaynona qaynotam bor ular 8 yildan beri gaplashishmaydi aloxida. Aka ukalar uncha axil emas. Men eng kenja kelin ikki nafar farzandim bor. Ko‘pgina ko‘ngilsizliklar tufayli xozir ro‘zg‘orimni aloxida qilganmiz. Qaynonam bilan chiqisholmaymiz, ularni oldilariga o‘tirsam bo‘g‘ilib ketaman, ularni yonlarida boshqa qayniakalar o‘tirib ichadilar, qaynonam xam ichadilar. Men farzandlarimni vijdonli o‘z dinini taniydigan va rioya qiladaigan farzandlar bo‘lishi istayman. Ӯzim 5 maxal namozga o‘tganman. Ba’zan ovsunim ustimdan kuladi, qaynonam uncha xushlamaydi, doim ortimdan gapiradi. U kishiga yomonligim yo‘q turmush o‘rtogimga oyingiz dadangizga qarang xabar oling roziliklarini oling deb aytaman. Men farzandalrimni ularni tarbiyasidan biroz uzoq tutib o‘zim tarbiyalasam deyman. O‘zim ishlayman, ishim kechgacha, men erim va farzandlarimga qarashga ulguraman xolos. Ovsunim va qaynonam oldilariga g‘iybat qilib o‘tirgandan ko‘ra duoda zikrda bo‘lsam deyman. Shuning uchun ular meni yomon ko‘radi. Menga nima maslaxat berasizlar, ularni xizmatlarini qilib roziligini olib yuray desam ichimda bir nima yo‘l bermaydi. Bo‘g‘ilib ketaman
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaynona va ovsinlarning roziligi sizga shart emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 02:08 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar