Aktiv stol telegramdagi o‘yin

Assalomu alaykum! Telegramda yangi avtiv stol degan o‘yin chiqibdi. Ayollar orasida. Masalan bir ayol 50.000 ming so‘m pul to‘lab o‘yinga kiradi va pulini 300 000 yoki 400 000 qilib chiqib ketarkan. Sharti o‘zidan keyin 2ta ayol qo‘shishi va undan keyin qo‘shilganlar ham o‘zidan keyin biror kishi qo‘shadi va hamma 50 000 so‘m to‘lab kiradi. Oxirida ancha vaqtdan keyin pullarini ko‘paytirib chiqib ketishyapti ekan. Bittasiga klik qiganlarini qo‘yishgan 250 000 so‘m bu ayol to‘lovsiz qo‘shilgan emish shu u.n 50 000 so‘m ushlab qolishibdi. Buning hukmi qandayligini bilmadim va sizlardan so‘rashga qaror qildim. Men o‘zim bunday o‘yinlarni yoqtirmayman. Lekin ko‘pchilik xotin qizlarimiz o‘ynashyapti. Bilib olsam ularga ham aytardim hu haqida ba’zilar qiynalgan ayollarga yordam uchundir deb ham o‘ylashmoqda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu riboning aynan o‘zidir. Joiz emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 160 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar