Jinlar haqida 6-ta savolim bor edi

Assalomu alaykum! Muhtaram Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari. Ijozatingiz bilan sizga bir nechta savollar bilan murojat qilmoqchi edik.1) <<Jin va shaytonlardan saqlaning>> kitobi haqida malumot bersangiz. Bu kitobdagi jinlarga oid masalalar qanchalik to’gri va ishonarli. 2) Bir qorakani aytishlaricha chekadigan insonlarning ichiga jinlar, huddi bekatga kelib ketadigan taksiday, kirib chiqaverarkanlar, shu gap haqida nima deya olasiz?3) Yoqorida aytilgan Jin va shaytonlar kitobda, jin insondan o’ch olishi hatto uni o’ldirib qo’yishi ham mumkunligi haqida aytilgan, bu gaplar qanchalik haqiqat.4) Jin bilan shaytonning ikkalovi bir hil narsam? Yoki tamoman aloxida aloxida narsami? Bu haqida kitoblaringizda o’qigan bo’lsamda ikkalasini uncha farqlay olmayman chunki manbalarda jinlar haqida gap ketayotib ularni o’rnida shaytonni ham aytib ketiladi shayton o’rnida jinni.5) Yurtimizning bir imomini aytishlaricha, behayo filimlar va suratlarga tikilganda va musiqa tinglaganda insonning ko’zidan va qulog‘idan jin kirib olarkan. Shugap qanchalik to’g‘ri. 6) Eng muhumi: Agarda insonga jin o’rnashib olgan bo’lsa, bunga qarshi inson yolg‘iz o’zi kurashib o’zidan soqid qilishga urunsa bo’ladimi? Yoki albatta biron shu soxaning noyibiga murajat qilish kerakmi?Alloh umringizni ziyada qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
14. Jinlar g‘ayb ilmini biladilarmi?Bu savolning javobini Qur’oni Karimdan olamiz. Alloh taolo «Saba’» surasida aytadi:«Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga o‘limni hukm etganimizda, ularga uning o‘limi haqida asosini eyayotgan yog‘och qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular g‘aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo‘lishlari ayon bo‘ldi» (14-oyat).Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning jonlarini u kishi jinlarni ishlatib qo‘yib, asolariga suyanib turganlarida olgan. Jinlar esa Sulaymon kuzatib turibdi, deb qo‘rqqanidan mashaqqatli ishlarida davom etaverganlar. Alloh taoloning irodasi bilan bir yog‘och qurti Sulaymon alayhissalom suyanib turgan asoni eb boshlagan. Qurt asoni ma’lum miqdorda eganidan keyin asoning tayanch nuqtasiga futur etib, joyidan surilgan va Sulaymon alayhissalomning jussalari erga yiqilgan. Jinlar shundagina, o‘z da’volariga qarshi o‘laroq, g‘ayb ilmini bilmasliklarini tushunib etganlar. Ana shundagina jinlarga:«...agar ular g‘aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo‘lishlari ayon bo‘ldi».Holbuki, odamlardan ba’zilari o‘sha ojiz jinlarga ibodat qilib yuribdilar. Ular g‘aybni biladilar, deb ulug‘lamoqdalar.15. Shaytonlar odamlarning aqiydasi, irodasi va amalini yo‘llab turishi mumkinmi?Agar banda Alloh taoloning aytganini qilib yursa, bu jinlar unga qarshi hech narsa qila olmaydi. Ammo odam bolasi gumroh bo‘lib, o‘zi shaytonning malayi bo‘lib olsa, o‘zidan ko‘rsin.Alloh taolo «Hijr» surasida aytadi:«Albatta, Mening bandalarim ustida sening sultoning yo‘qdir, magar senga ergashgan gumrohlargagina bordir» (42-oyat).Bu oyati karimada Alloh taolo Iblisga xitob qilib «Mening muxlis bandalarimga sening hukming ham, gaping ham o‘tmaydi. Ziynatlashing ham, yo‘ldan ozdirishing ham ta’sir etmaydi. Sening bu narsalaring faqatgina senga ergashgan, yo‘ldan adashgan gumrohlargagina o‘tadi va ta’sir qiladi», demoqda. Shayton vasvasa qilishdan boshqaga yaramaydi. O‘sha paytda banda sergak bo‘lib, o‘zini o‘nglab olsa, qutulib qoladi. Ammo banda o‘zini shaytonning vasvasasiga uchsa, uning malayga aylanib qolishi hech gap emas.Alloh taolo «A’rof» surasida aytadi:«Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so‘ra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko‘ruvchi Zotdir. Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa etsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko‘ribsanki, ular (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ruvchi bo‘lib turibdilar. Va u(shayton)larning birodarlari yo‘ldan ozdirishda ularga madad berarlar, so‘ngra bunda to‘xtamaslar» (200–202-oyatlar).Ya’ni, mabodo biror ko‘ngilsizlik sodir bo‘lib, shayton vasvasa qiladigan bo‘lsa, qizishmasdan, darhol Allohdan panoh so‘ra. U eng yaxshi eshitguvchi Zot, so‘rovingga darhol javob beradi. U eng yaxshi ko‘rguvchi Zot, hamma narsani ko‘rib turibdi. O‘zi bilib hisob-kitob qiladi.«Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa etsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko‘ribsanki, ular (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ruvchi bo‘lib turibdilar».Shayton nima qilganda ham vasvasadan nariga o‘ta olmaydi. Agar o‘zicha bilib harakat qilsa, har bir inson uchun shaytonning vasvasasidan qutulishning oson yo‘li bor. Buning uchun u mo‘min-musulmon, taqvodor bo‘lsa bo‘ldi.«Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa etsa, albatta, zikr qilarlar", (ya’ni, ularga shaytonning vasvasasi etsa, darhol Allohni zikr qiladilar) «...bas, ko‘ribsanki, ular (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ruvchi bo‘lib turibdilar».Allohni zikr qilish, har doim eslab yurish shaytonga qarshi eng ishonchli va kuchli quroldir.Demak, shaytondan biror bir sharpa (vasvasa, ig‘vo va g‘azab) etishi jaholat, ko‘rlik va nodonlikka boshlaydi. Allohning zikri esa ilm-ma’rifat, ko‘zi ochiqlik va oqillik manbaidir.Ammo shayton birodarlarining ahvoli boshqacha:«Va u(shayton)larning birodarlari yo‘ldan ozdirishda ularga madad berarlar, so‘ngra bunda to‘xtamaslar».Shaytoni la’inning birodarlari tinmay ig‘vo qiladilar, odamlarni yo‘ldan ozdirishga urinadilar.Oxiratda shayton o‘ziga ergashganlardan tonadi va ularga ta’siri o‘tmasligini tan oladi. Bu haqda Qur’oni Karimning «Ibrohim» surasida aytilgan:«Ish bitib bo‘lganda shayton: «Albatta, Alloh sizga haq va’dani qilgan edi. Men esa sizga va’da berdim-u, va’damga xilof qildim. Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo‘q edi. Faqat da’vat qilsam, o‘zingiz menga ijobat qildingiz. Bas, meni malomat qilmang, o‘zingizni malomat qiling. Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar. Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman. Albatta, zolimlarga, ha, ularga alamli azob bor», dedi» (22-oyat).Bu dunyoda har ishning boshida turgan, har qilmishga bosh-qosh bo‘lgan shayton u dunyoda hamma ish bitib, hukm chiqqandan so‘ng paydo bo‘ladi. Bir-birini malomat qilib turgan o‘z atbo’lariga qarab, so‘z boshlaydi:«Albatta, Alloh sizga haq va’dani qilgan edi. Men esa sizga va’da berdim-u, va’damga xilof qildim».Shayton shaytonligiga boradi. Ish tugab bo‘lgandan keyin ochig‘ini aytadi. U dunyoda kishilar qalbiga vasvasa solgan edi. Turli avrashlar bilan ularni adashtirgan edi. Ularga turli va’dalarni bergan edi. Endi bo‘lsa, Allohning va’dasi haq, meniki nohaq edi, deb turibdi. Buning ustiga, hamma ishni qilib qo‘yib, yana butun aybni o‘ziga ergashgan, gapiga kirganlarga ag‘daryapti:«Mening ustingizdan hech qanday hukmronligim yo‘q edi. Faqat, da’vat qilsam, o‘zingiz menga ijobat qildingiz».O‘ylab ko‘rmaysizmi? Chaqirsa, ketaverasizmi? Men mutlaqo sizlarning ustingizda hokim emas edim. Sizni kufrga, isyonga chaqirgan vaqtimda mening gapimga kirmasangiz, sizga qarshi hech narsa qila olmas edim. Illo, o‘zingiz xohlab mening gapimga kirdingiz, aytganimni qildingiz. Shuning uchun:«Bas, meni malomat qilmang, o‘zingizni malomat qiling».Ayb o‘zingizda. Bu noqulay holga tushib qolganingiz uchun faqat o‘zingizni ayblang. Menga osilib yurmang.«Men sizlarni qutqaruvchi emasman, sizlar ham meni qutqaruvchi emassizlar».Har kim qilganiga yarasha tortaveradi. Ammo:«Endi, men, albatta, ilgari meni sherik qilganingizni inkor qilaman».Sizlarga, meni Allohga sherik qilib olinglar, uning aytganini emas, mening aytganimni qilinglar, deganim yo‘q. Bu gapni aytsangiz, men inkor etaman. Sizlar meni Allohga sherik qilib olib, katta zulm qilgansizlar.Mo‘min-musulmon insonning Qur’onda kelgan har bir xabarga iymon keltirishi farz. Xudo ko‘rsatmasin, Qur’ondagi biror xabarga shubha bilan qarash, ishonmaslik kofirlik bo‘ladi. Shundan kelib chiqilsa, jin haqida Qur’onda oyat kelishi ularning borligiga iymon keltirishni barcha musulmonlarga farz qiladi. Shunday ekan, biroz to‘laroq tushunish uchun bu borada ba’zi ma’lumotlarni o‘rganib qo‘ymog‘imiz zarur.Ma’lumki, dunyo siru asrorlarga to‘la. Biz hali mohiyatini, sifatini, ta’sirini bilmaydigan hodisalar atrofimizda to‘lib-toshib yotibdi. Biror narsa ko‘zimizga ko‘rinmasa, uni yo‘q de-yishga haqqimiz yo‘q. Har kuni yangi narsalar, maxluqotlar kashf etilyapti. Kecha bilmagan narsalarimiz bugun kashf etilsa, biz uni yo‘q edi deya olmaymiz. Balki, kecha bu bor narsani biz bilmas ekanmiz, deymiz. Hozirgi kunda o‘tgan ajdod bilmagan, xayoliga ham keltirmagan qanchadan-qancha narsalarni bilyapmiz. Albatta, biz bilgan narsalar, keyingi avlodlar uchun o‘yinchoqqa o‘xshab qoladi. Bu narsalar Alloh taolo insonga bergan qobiliyatlar yordamida kashf qilinmoqda, bularning hammasi inson idroki chegarasidagi narsalardir. Kelajakda yana ko‘p narsalar kashf etilishi turgan gap. Demak, biror narsani bor yoki yo‘q deb jazm ila hukm chiqarib yuborishga hech kimning haqqi yo‘q. Biz bandalar idrokimiz etmaydigan narsalarni Alloh taoloning O‘zi kashf etib bersa, shukr qilib qabul etmog‘imiz lozim. Masalan, jinga ishonish masalasida ham Alloh taolo O‘z kalomida siz bilan bizga jinlar haqida ma’lumot bergan ekan, uni ixlos bilan qabul etib, ishonib, iymon keltirmog‘imiz lozim.Alloh taoloning bizga bildirishicha, jin deb atalgan maxluqot bor, u olovdan yaratilgan. Iblis ham jinlardan hisoblanadi. Jinlar odamlarni ko‘radi, odamlar ularni ko‘rmaydi. Jinlarning ham insonlarga o‘xshash jamoatlari, qabilalari, guruhlari bor. Ular ham er kurrasida yashash qobiliyatiga ega. Boshqa sayyoralarda yashash imkonlari ham mavjud. Zalolatga ketgan insonlarni yo‘ldan ozdirib, fikrlariga ta’sir o‘tkazishlari mumkin. Insonning ovozini eshitib, tilini tushunishadi. Ularning ichida musulmonlari ham, kofirlari ham bor. Jinlarning Qur’on tinglaganliklari haqidagi rivoyatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqandan so‘ng ma’lum bo‘ladiki, aynan shu safar Muhammad alayhissalomning o‘zlari, jinlar u zotning tilovatlariga quloq osganidan va undan keyingi gaplardan bexabar bo‘lganlar. Faqat Alloh taolo oyat tushirib xabar berganidan so‘ng bilganlar. Ammo ushbu voqeadan so‘ng jinlar yana kelib tinglashganda, Payg‘ambar alayhissalom bu galgisini bilib turganlar.Imom Muslim qilgan rivoyatda, bir kuni sahobalar Payg‘ambarimiz alayhissalomni yo‘qotib qo‘yib, xijolat bo‘ladilar. Birov bir narsa qildimikan yoki biror hodisa bo‘ldimikan, deb vodiylarni, tepaliklarni qarab, axtarib chiqadilar. Kechasi bilan xavotirda tong ottiradilar. Tong otganidan so‘ng u zotni Hiro g‘ori tomonidan kelayotganlarini ko‘radilar. Oldilariga borib, sizni yo‘qotib qo‘yib axtardik, topa olmay tunni bezovta o‘tkazdik, deyishadi. Payg‘ambar alayhissalom esa: «Jinlarning vakili keluvdi, birga borib ularga Qur’on o‘qib berdim», deb javob beradilar va sahobalarni etaklab borib, jinlarning izlarini va gulxanlarining qoldiqlarini ko‘rsatadilar.Biz bu hodisaning qisqacha bayonini keltirdik. Roviylar ulug‘ sahobiy Abdulloh Ibn Mas’uddan rivoyat qiladilar: «Rasululloh bir kuni sahobalarga, kim jinlar ishiga hozir bo‘lishni istasa, bu kecha marhamat qilsin, dedilar. Mendan boshqa hech kim bormadi. Yurib borib Makkaning yuqorisiga etganimizda oyoqlari bilan menga chiziq chizib berdilar-da, shundan chiqmay o‘tir, dedilar. O‘zlari uzoqroq borib Qur’on o‘qiy boshladilar. Bir zumda u kishini qora narsalar o‘rab, ikkovimizning oramizni to‘sib qo‘ydi, men ovozlarini ham eshitmay qoldim. So‘ngra haligi qora narsalar bulutga o‘xshab parcha-parcha bo‘linib, tarqab keta boshladi. Faqat bir bo‘lagi qolganda Rasululloh bomdod namozini tugatdilar, borib tahorat ushatdilar va mening oldimga kelib, haligilar nima qildi, deb so‘radilar. Men, hov ana, turishibdi, dedim. Pay-g‘ambar alayhissalom ularga suyak va tezakni berdilar. Bizni esa suyak va tezak bilan istinjo qilishdan qaytardilar». Vallohu a’lam.
21 Aprel 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 54 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar