Bir tashkilotdan boshqasiga ishga o‘tish masalasi
Assalomu alaykum! Bir firmaga ishga kirganimga besh yil bo‘ldi. Kirayotgan vaqtimda "bu erda o‘rgangan narsalarmiz hammasi sir hech kimga aytmang va boshqa joyda ham qilmaysiz, biz bu bizning mulkimiz, bu darajaga etguncha ko‘p pul sarfladik, ko‘p urindik" deyishgan. Bu firma hozirgi kunda shokolad, jele, mastika ishlab chiqaradi. Hozirgi kunda atrofdagi raqobatchilaridan ishchilarga beriladigan maoshi ozroq, menga shunga o‘xshash boshqa firmadan taklif tushyapti o‘sha erda ishlasam bo‘ladimi? U erga ishga kirsam o‘z-o‘zidan birinchi ish joyimda o‘rgangan ishni qilaman. Ish taklif qilgan firma boshlig‘iga u erdagi ishlar sir desam, u sizga bir hunar, hunarni xohlagan joyda qilsa bo‘laveradi demoqda. Hozirgi ishlayotgan joyimdagi boshliq esa o‘zim alohida ish boshlashimga ham rozi bo‘lmaydi. Boshqa ishchilar xam shu savolning javobini kutishyapti, bu ish bizga hunarmi? Unday bo‘lsa o‘zimiz alohida yoki xohlagan firmamizda ishlasak bo‘ladimi? Oylik maosh 1700000 atrofida, bizga taklif qilinayotgan oylik esa 3.000.000 so‘m.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kasbni o‘sha joydan o‘rganganingiz uchun ustingizda ularni haqqlari bor. Boshliqqa indamay boshqa joyga o‘tib ketishingiz noto‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun boshliqni oldiga kirib berayotgan oyligi etmayotgan bo‘lsa bir oz qo‘shib berishini so‘rab, o‘sha erda xursandchilik bilan ishlang. Rizqingiz etib turgan joydan yuz o‘girmang. Agar undan oshirmasligini aytsa bu ham noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki hunarni o‘rgatmasdan boshqa ilojlari ham yo‘q edi. Eng yaxshisi murosa. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 148 | Moliya va tijorat