Salavotlar
Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqlariga aytiladigan salavotlardan 5-6 ta yozib beringlar. Iltimos. Ularni qachon aytish yaxshi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ كَعْبِ بْنِ عُجْرَةَ رضي الله عنه قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صلي الله عليه وسلم يَقُولُ فِي الصَّلَاةِ: اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وآلِ إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَآلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَآلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ وَالشَّافِعِيُّ وَاللَّفْظُ لَهُKa’b ibn Ujra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam namozda: «Allohumma solli ’alaa Muhammadiv va ’alaa ali Muhammad. Kama sollayta ’alaa Ibrohiyma va ali Ibrohiym. Va barik ’alaa Muhammadiv va ali Muhammad. Kama barokta ’alaa Ibrohiyma va ali Ibrohiym. Innaka hamiydum majid», der edilar».Beshovlari va Shofe’iy rivoyat qilganlar. Lafz o‘sha kishiniki. Sharh: Ka’b ibn Ujra roziyallohu anhuga tashahhuddan keyin salovot siyg‘asini aytishni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari, sahobai kiromlar so‘raganlaridan keyin o‘rgatganlar. Shofe’iy mazhabiga ko‘ra, tashahhuddan keyin salovat aytish vojib, boshqa mazhablarga ko‘ra sunnatdir. Salovotning siyg‘asi ham turli hadislarda turlicha kelgan. Quyida ulardan birini keltiramiz. «Allohumma solli ’alaa Muhammad». «Allohim, Muhammad alayhissalomga O‘zingning ziyoda rahmatlaringni nozil qilgin». «Va ’alaa ali Muhammad». «Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oila a’zolariga ham». «Kama sollayta ’alaa Ibrohiyma va ali Ibrohiym». «Xuddi Ibrohimga va Ibrohimning ahli baytlariga o‘z rahmatingni nozil qilganingdek». «Va barik ’alaa Muhammadiv va ’alaa ali Muhammad». «Muhammadga va Muhammadning ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qil». «Kama barokta ’alaa Ibrohiyma va ali Ibrohiym». «Xuddi Ibrohim va Ibrohimning ahli baytlariga o‘z barakangni nozil qilganingdek». «Innaka hamiydum majidun». «Albatta, Sening O‘zing maqtalgan, ulug‘langan zotsan».(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 11:28 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar