Qur’on tilovatini bag‘ishlash

Assalomu alaykum! 2015-yil 29 yoshli ukam olamdan o‘tdi, bu yili to‘rt yil bo‘ldi. Ukam uchun Qur’on tilovat qildirib bag‘ishlatmoqchi bo‘lgan edim, turmush o‘rtog‘im 30 porani o‘qib bag‘ishlab berganiga 100 ming berib qo‘yasan dedi. Uni kim aytdi desam, exsonda dadam uchun bag‘ishlaganiga shuncha pul so‘radi dedi. Qaynotam qazo qilganidan exson qilgan edik. Meni qarzim bor, shu qarzimni uzmasdan domla aytgan pulni berib ukam uchun bag‘ishlatsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Savob bu sotib olinadigan narsa emas. chin dildan bilganingizni o‘qib bag‘ishlayvering. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 03:24 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar