Faroizga oid kitob

Assalomu alaykum Shayx hazratlari! Hazrat, sizning "Hadis va Hayot" asaringizni 12-juzini o‘qishim jarayonida juda ta’sirlandim. Faroiz ilmi shu qadar chuqur va shu bilan birgalikda qiziq deb tasavvur ham qilmagan ekanman. Lekin ming afsuski, hozirda ushbu ilmni tushunadiganlar ham, unga murojaat qiladiganlar ham kamayib ketgan. Albatta sizning ushbu asaringiz bu sohaga oid anchayin kerakli ma’lumotlarni dindoshlarimizga etkazishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qildi inshaalloh. Ushbu xizmatingiz uchun Alloh sizni ulkan darajotlar ila mukofotlasin. Hazrat, ushbu sohaga oid yanada kengroq ba batafsilroq biron bir asar yozish niyatingiz yo‘qmi? Biz muxlislaringizni yanada quvontirgan bo‘lur edingiz.Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hozircha yozish niyati yo‘q. Ammo shayx MUhammad Ali Sobuniyning bir kitobini tarjima qilingan. Duo qilib turinglar. Chiqib qolsa, birgalikda o‘qiysizlar.

3 May 2022, 03:35 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar