Idda masalasi

Assalomu alaykum! Erim homiladorligimning oxirgi oylarida qizlik uyimga tashlab ketgan. Farzandli bo‘lganimdan keyin chillam ichida, ya’ni farzandim 25 kunligida manga "taloqsan, uch taloqsan" degan. “Baxtiyor oila” kitobidan o‘qiganimda nifos paytida taloq qilish er uchun gunoh, lekin taloq tushadi deb yozilgan ekan. Bunday holatda meni iddam qachon chiqqan bo‘ladi? Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nifos tugab alohida uch hayz ko‘rib, uchinchi hayzda poklanganingizda idda tugaydi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 03:36 | Savol-javoblar | 179 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar