Farzandini berish mumkinmi?
Assalomu alaykum! Ikki qizim bor alhamdulillah, qaynag‘am 11 yildan beri befarzand, erim menga shu akamga farzand tug‘ib ber deydilar, qaynag‘amning hozirda 2-hayoti. 2-ayolga uylanganlar, 1-si bilan ajrashganlar, 3-bolammi o‘zim kesish yo‘li bilan tuqqanman, Albatta Alloh nasib qilsa o‘g‘il farzand tug‘ishni o‘ylayapman. Qiz bo‘ladimi o‘g‘il bo‘ladimi shu farzandimni qaynag‘amga bersam bo‘ladimi? Shariatimiz bunga nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Befarzand bo‘lsa 11 yil kutmasdan kimda ayb bo‘lsa ochiq-oydin aytib vaziyatni aniqlab olish kerak. Ayb erida bo‘lsa xudbinlik qilmasdan ayoliga taloq berib iddasi tugagach, boshqa erkakka tegib farzand ko‘rsin. Eri esa farzandlari bor eri o‘lgan ayolga uylanib farzandlarini tarbiyasiga olsin. Agar ayb ayolda bo‘lsa tug‘adigan boshqa ayolga ikkinchi xotin qilib uylansin. Erining u ayoldan bo‘lgan bolalari birinchi ayolga ham farzand bo‘ladi. Sizni rozi qilmasdan bolangizni berib yuborishga haqqi yo‘q. Keyin buni orqasidan ko‘p janjallar chiqadi. Vallohu a’lam! Quyidagi maqolani ham o‘qing:https://fiqh.uz/maqola/663
11 May 2022, 07:14 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar