Iymonga kirish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, inson 5 vaqt nomozni o‘qib, yomon odatlarini tashlab imonga kirsa, unga xar xil og‘ir kunlar va sinovlar beriladimi? Ya’ni g‘am tashvish ketidan tashvish, dard ustidan dard? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson namoz o‘qishni boshlagach qalbi yayrab hayot kechiradi. Ortiga qarasa ham xursand bo‘ladi, chunki jannatga kirishga sabab bo‘ladigan ishni qilgan bo‘ladi. O‘lim kelsa ham xursand bo‘ladi, benamoz ketmayotgani uchun. O‘lsa ham xursand bo‘ladi, chunki Alloh taoloning namoz o‘quvchilarga qiladigan muomalasi go‘zal bo‘ladi. U g‘am tashvish shariatning boshqa ishlariga amal qilmaganlikdan bo‘ladi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 03:58 | Savol-javoblar | 199 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar