Egizak farzand
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda tibbiyot rivojlanib, xatto egizak farzand kurish uchun muolajalar mavjud bulib, ya’ni dori vositasi yordamida folekulalar (tuxum xo‘jayralari) urug‘lanishidan oldin ularni 2 yoki 3 taga bo‘lib berar ekan. Egizak farzand ko‘rish maqsadida shu muolajadan foydalanish joizmi? Bugungi kunda bu narsa keng tarqalib ketibdi, agar imkoni bo‘lsa bu savolni telegramdagi kanalingizga xam joylashtirsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz hech qachon taraqqiyotga to‘siq bo‘lmagan. Bu ishda noshar’iy amaliyotlar o‘tkazilmasligi kerak. O‘sha amaliyotardan biri, doktorlar natija ko‘rsatishi uchun bepusht erkaklarning ayollariga begona erkaklarning urug‘idan foydalanishi, ayol mutaxassislar turib erkak shifokorlar shu amaliyotni bajarishidir. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:34 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush