Juma namozini 3-4 kishi o‘qish

Assalomu alaykum! Biz musofirmiz stroykada ishlaymiz namozlarimizni 3 kishilik jamoat blan ob’ektda o‘qiymiz, Juma namozini man imomga o‘tib o‘qiymiz. Masjid uzoq birovni qo‘lida ishlaymiz masjidga 30 minutli yo‘l, ishda bo‘lganimiz sabab borolmimiz. Jumaga borish uchun ish joydan kvartiga qaytib kiyimlarni kiyib borish kere. Shunday xolda Jumani o‘zimiz 4-5 kishi o‘qiymiz shu ishimiz to‘g‘rimi? Yani ish joyimizda o‘zimiz xutba o‘qib azon aytib juma namozini o‘qishimiz joizmi? Nima kilishimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyida jumaning shartlari haqida ma’lumot beramiz: JUMA NAMOZI «Juma» so‘zi «jam bo‘lish, to‘planish» degan ma’noni anglatadi. Alloh taolo mo‘minlarga juma namozini farz etgan, buyurgan: «Ey iymon keltirganlar! Juma kunidagi namozga chorlangan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo‘ying!» (Juma surasi, 9-oyat). Shu kuni jamoat bo‘lib ado etiladigan namoz esa «juma namozi» deyiladi. Alloh taolo osmonlaru erni juma kuni yaratgan, Odam atoni shu kuni xalq etgan, uni shu kunda jannatga kiritib, u erdan chiqargan. Qiyomat ham juma kuni keladi. Bu kunda duolar qabul bo‘ladigan alohida soat bor, mo‘minning Alloh taolodan xayriyatni so‘rab qiladigan iltijosi shu vaqtga to‘g‘ri kelib qolsa, Alloh uni albatta ijobat qiladi. Juma namozi miskin-faqirlarning hajiga tenglashtiriladi. Imom minbarga o‘tirgan vaqtda ikkinchi azon aytiladi va qavm imomga ro‘para bo‘lgan holda xutbani tinglaydi. Imom tahorat bilan tik turib, ikki marta xutba o‘qiydi va ular o‘rtasida bir muddat o‘tirishi lozim bo‘ladi. U xutbani tugatgach, takbir aytiladi va imom qavm bilan ikki rak’at juma namozini o‘qiydi.Juma namozidan oldin bir salom bilan to‘rt rak’at, undan keyin ham to‘rt rak’at namoz o‘qish sunnati muakkadalardan hisoblanadi.Juma namozini o‘qishi lozim bo‘lgan kishilarda quyidagi ma’lum shartlar topilishi kerak:1. Hur-ozod bo‘lishi shartdir. Qulga va mahbusga juma farz bo‘lmaydi.2. Erkak bo‘lishi shartdir. Ayollarga juma farz emas.3. Balog‘atga etgan bo‘lishi ham shartdir. Go‘dakka garchi uning bo‘yi cho‘zilib qolgan bo‘lsa ham, juma farz bo‘lmaydi.4. Salomat bo‘lishi ham shartdir. Kasal kishiga juma farz bo‘lmaydi.5. Ko‘zi sog‘lom bo‘lishi ham shartdir. Ko‘zi ojizga juma farz emas.6. Ikki oyog‘i salomat bo‘lishi ham shart. Jumaga borishdan ojiz bo‘lib o‘tirib qolgan kishiga ham juma o‘qish farz bo‘lmaydi.7. Xotirjamlik ham shartdir. O‘z joni uchun biror zolimning yoki biror fitnaning xavfi bo‘lsa ham, u kishiga juma namozi farz bo‘lmaydi.8. Shaharda istiqomat qilayotgan bo‘lishi ham shart. Shahar deb uning taklif yoshiga etgan aholisi eng katta masjidga to‘planganda sig‘maydigan darajada bo‘lgan makonga aytiladi.9. Yana shu shaharning qozisi yoki amiri bo‘lishi ham shartdir.10. Muqimlik ham juma namozini o‘qishni vojib qiladigan shartlardandir. Agar kishi musofir bo‘lsa, unga juma namozini o‘qish vojib bo‘lmaydi. Lekin shu musofir borgan shaharda o‘n besh kundan ko‘proq turishni niyat qilsa, unga jumani o‘qish vojib bo‘ladi. Ya’ni jumani o‘qish vojib bo‘lishi uchun o‘z vatanida bo‘lishi shart emas, balki musofir yurtda bo‘lsa-da, u erda muqimlikni, ya’ni istiqomatni niyat qilgan bo‘lsa, jumani o‘qish vojibga aylanadi.Kimga juma namozini o‘qish vojib bo‘lmasa, u jumaning o‘rniga peshinni o‘qiydi. Mabodo jumani o‘qisa ham, durust bo‘laveradi, yana qaytarib peshinni o‘qimaydi. Ammo ayollar, xoh keksalari bo‘lsin, xoh yoshlari bo‘lsin, jamoat bo‘lishlari makruhligi uchun jumaning o‘rniga peshinni o‘qiganlari afzaldir. Mazkur uzrlar sababli jumaning o‘rniga peshinni o‘qiydigan kishilar imom juma namozini o‘qib bo‘lgandan keyin peshinni o‘qiganlari ma’qul. Chunki imom jumani ado qilmay turib, uzrlilar peshinni o‘qishlari makruh hisoblanadi.Juma namozining durust bo‘lishi uchun quyidagi shartlar mukammal bo‘lishi lozimdir:1. Juma shahar yoki shahar hukmidagi qishloqda o‘qilishi kerak. Yuqorida shaharning ta’rifini keltirdik. Agar shahar bo‘lishi sharti topilmagan qishloqda juma namozi o‘qilsa, durust bo‘lmaydi. Ularga peshinni o‘qish lozim bo‘ladi.2. Juma namoziga imomlikka sulton yoki uning noibi va yo o‘sha masjidga tayin qilingan imom bo‘lishi shartdir. Xuddi shu ahvol bugungi voqelikda mavjuddir.3. Peshin vaqti kirgan bo‘lishi ham shartdir. Chunki peshin vaqti jumaning vaqti hisoblanib, undan oldinroq o‘qilgan juma namozi durust bo‘lmaydi. Peshin vaqti chiqishi bilan jumaning ham vaqti chiqadi.4. Xutba. Jumada ozmi-ko‘pmi, xutba o‘qish ham shartdir. Hamd (alhamdulillah), tasbeh (subhanalloh), tahlil(laa ilaaha illalloh)ni bir marta aytish bilan ham xutba o‘rniga o‘tadi. Lekin shuning o‘zi bilan kifoyalanish makruhdir. Jumada bitta xutbaning o‘zini o‘qisa, kifoya qiladi. Lekin uni takror o‘qish sunnatdir. Xutbani namozdan oldin aytish shart qilinadi. Avvalgi xutbani boshlashda «A’uzu billahi minash shaytonir rojiym»ni o‘zi ichida aytadi. Keyin jahriy qilib Allohga hamd va Uning O‘ziga loyiq bo‘lgan sanolarni aytadi. So‘ngra ikki shahodat kalimalarini o‘qib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavotu salom yo‘llaydi. So‘ngra ma’siyatlardan saqlanish, Alloh taoloning g‘azabi va azobini vojib qilib qo‘yadigan amallar qilishdan ogohlantirib, odamlarga va’z va nasihat qiladi. Yana ularga dunyo va oxiratda najotga sabab bo‘ladigan amallarni eslatadi. Avvalo o‘zini, qolaversa barcha jamoatni taqvoga chaqiradi. Keyin mavzuga tegishli bo‘lgan oyatdan bir oyat tilovat qiladi. Ikkinchi xutbani Alloh taologa hamdu sano aytish bilan boshlaydi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavotu salom yo‘llaydi. So‘ngra barcha mo‘min-mo‘minalar va muslim-muslimalarning haqlariga duo qiladi. Xutbani qisqaroq qilib, namozni uzaytirish ham sunnat amallardandir.5. Juma namoziga imomdan tashqari uch kishi hozir bo‘lishi ham shartdir. Chunki jamoat ushbu adad bilan hosil bo‘ladi. Bu jamoat oqil, balog‘atga etgan erkaklardan tashkil topgan bo‘lishi lozim. Mabodo jamoat oqil, balog‘atga etgan musofir yoki kasal kishilardan tashkil topgan bo‘lsa ham, kifoya qiladi. Ammo faqat ayollar va go‘daklardan tashkil topgan jamoat bilan juma namozini o‘qish durust bo‘lmaydi.6. Juma namozining durust bo‘lish shartlaridan yana biri hamma musulmonlar uchun masjidga kirish ruxsati bo‘lishidir. Masjidga ba’zilarning kirishi taqiqlab qo‘yilsa, o‘sha masjidda juma o‘qish durust bo‘lmaydi.7. Juma namozini o‘qish uchun jamoat bo‘lish ham shartdir. Bu haqda yuqorida bayon qilindi. Kishi imomga juma namozini qay bir holatida iqtido qilsa ham, u jumani topgan bo‘ladi. Agar sajdai sahvdan keyingi tashahhud o‘qilayotganda iqtido qilgan bo‘lsa ham, u juma namoziga etgan hisoblanib, imomning salomidan keyin etolmay qolganlarini oxiriga etkazib qo‘yadi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 07:34 | Savol-javoblar | 347 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar