Yordam puli haqida
Assalomu alaykum! Ramazon muborak bo‘lsin. Savolim qiziq. Ammo juda dolzarb mavzu. Qozog‘istonda yashaymiz. Bizda hozir karantin sabab ishsiz qolganlarga davlat tomonidan yordom puli ajratildi. Kriteriy karantingacha ishlab turgan va karanatin sabab to‘xtab qolgan odamlar olishi kerak. Ammo loyiq emas odamlar ham davlat beryabdi deb aytabdi. Loyiq emas degani karantin sabab ishi toxtab qolmagan, ya’ni ishi rasmiyatan to‘xtamaganu ammo o‘zi ishlamayabdi va hakozo. Savolga javob ancha odamga naf tegib qolar edi. Savol muallifi mendan so‘rab berishimni iltimos qilgan edi. U otasiga yordam pulini olib bergan, ya’ni otasinijg nomidan zayavka tashlab bergan. Tabiiyki ko‘pgina yoshi katta odamlar internet orqali ishlashni bilmaydi. Keyin esa otasi bu kriteriyga loyiq emas ekan. Davlatga pulni qaytarishning iloji bor. Ammo otasi endi buni diniy tushunchadan habari yo‘q, ya’ni ko‘nmayabdi. Otasining kartochkasidagi pulni qaytarib yuborsa ruxsatsiz, birovning haqqiga qo‘l urgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqli bo‘lmasdan turib olganlar o‘g‘ri hisoblanadi va oxiratda javob berishadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 06:31 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqli bo‘lmasdan turib olganlar o‘g‘ri hisoblanadi va oxiratda javob berishadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 06:31 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar