Qur’onning tafsirini etkazish haqida

Assalomu alaykum! Yaqinda bir domlaning ma’ruzasini eshitib qoldim. Ilmsiz bo‘la turib Qur’on oyatlari va hadislardan o‘zicha hukm chiqarish mumkin emas ekan. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki ilmsiz xolida Qur’on oyatlaridan va hadislardan hukm chiqarsa va tafsir qilsa, hattoki u aytayotgani to‘g‘ri bo‘lsa ham u katta xato qilibdi, joyini jahannamdan tayyorlayversin dedilar" – degan hadisni aytdi. Unday bo‘lsa, agar bironta tanishimiz aroq ichyotgan bo‘lsa, men unga ichma Qur’onda 90. Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar iflosdir. Shaytonning ishidir. Bas, undan chetda bo‘ling. Shoyadki, najot topsangiz. 91. Albatta, shayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon ko‘rishlikni solishni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan to‘sishni xohlaydi. Endi to‘xtarsizlar. (Moida surasi) deb aytsam yoki yana bir tanishim namoz o‘qimasa unga: 114. Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa, eslovchilarga eslatmadir. (Hud surasi) deyilgan, deb unga eslatsam gunohkor bo‘lamanmi? Bu oyatlar to‘g‘ri, lekin men ilmli emasman yoki ilmim yo‘q, menga nima deb befarq bo‘laymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu tafsir qilish emas. Siz aytayotgan narsa tayyor tarjima va ulamolar tarafidan qilingan tafsirni etkazish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 07:14 | Savol-javoblar | 144 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar