Shifokorlar kelishuvi

Assalomu alaykum! Ma’lumki, Alloh kasallik davosini harom ishda yozmagan. Bunga shifokorlarning nomahram kishilarni davolash(ga urinish)lari ham kiradimi? 2. Bunday paytda boshqa bir nomahram shifokor ayol bilan kelishib ishlasa bo‘ladimi? Ya’ni ayol bemor kelsa unga, erkak bemorlar menga jo‘natish ma’nosidagi kelishuv joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunchaki kelishuv bo‘lsa yoki haqiqiy mutaxassisga dalolat qilish bo‘lsa joiz. Ammo haq evaziga odam jo‘natish yoki bo‘lar bo‘lmas kasalliklarni topib bir-biriga odam jo‘natib tirikchilik qilishlari to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 03:50 | Savol-javoblar | 153 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar