Namoz vaqtlari haqida ma’lumot

Peshinning 12:19da o‘qigan joizmi yoki 13:00 da? Asr womga qadar, wom xuftonga qadar davom etadimi? Bomdodni vaqti kirgandan necha minutdan keyin o‘qish joiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning savolingizga quyidagi sahifada javob berilgan. Alalxusus, quyidagi iqtibosni keltiramiz:
1. Peshin namozining vaqti quyosh zavolga ketib, har bir narsaning soyasi uzaya boshlagandan boshlab, to har bir narsaning soyasi o‘zining bo‘yi mislicha bo‘lguncha.
Bu ikki vaqtdan tashqarida Peshin namozi vaqti bo‘lishi mumkin emas.
2. Asr namozining vaqti har bir narsaning soyasi o‘z bo‘yi mislicha bo‘lgandan boshlab, to har bir narsaning soyasi o‘zining bo‘yiga ikki barobar bo‘lguncha bo‘ladi.
Bu vaqtdan, ya’ni, har bir narsaning soyasi o‘ziga ikki misl bo‘lgandan keyin, Asrning vaqti chiqmaydi. Balki Asrning vaqti Shomning vaqti kirguncha davom etadi.
Ushbu hadisda Jibroil alayhissalom Asrning afzal vaqtini ko‘rsatib berganlar. Boshqa hadislarda Asrning vaqti Shomning vaqti kirguncha davom etishi ochiq-oydin bayon qilingan.
3. Shom namozining vaqti quyosh botgandan boshlanadi va Xufton vaqti kirguncha davom etadi.
Ammo, Jibroil alayhissalom ikki kunda ham bir xil vaqtda, quyosh botganda o‘qib berganlari, eng afzal vaqt shu ekaniga dalolat qiladi.
4. Xufton namozining vaqti shafaq g‘oib bo‘lgandan boshlab tong otguncha.
Lekin bu hadisda kechaning uchdan biri o‘tganda o‘qilishi eng afzal vaqt ekanligini ko‘rsatadi.
5. Bamdod namozining vaqti tong otgandan boshlab quyosh chiqishni boshlaguncha.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, ushbu hadisi sharifda har bir namozning vaqti eng avvali bilan oxiri vaqtining eng afzali ko‘satilgan.
Aslida esa, Bomdoddan boshqa namozlarning vaqti bir-biriga ulashib ketadi.

29 Aprel 2022, 20:43 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar