Hayit ayyomi muborak bo‘lsin

Odinahon opa.Ollohning raxmati bo‘lsin bizlarga, Qalbimiz hidoyat nuriga to‘lsin. Shukur kim etkazdi Qutlug‘ kunlarga “Hayit” ayyomingiz muborak bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuhonaxonlarim, opa singillarim, barcha mu’min birodarlarim!hammangizga ulug‘ Fitr iydi muborak bo‘lsin!Allohim qilgan ibodatlarimizni kamchilik va xatolarini afv qilgan holda huzurida husnu maqbul aylasin. hammamizni Islomda, iymonda qilsin, ibodatlarga mahkam, salomat qilsin. barcha musulmonlarni manfaatli ilmu ma’rifatdan bahraman aylasin, olimlarimizni hifzi himoyasida asrasin, diyn va xalq xizmatida yurganlarning safini kengaytirsin. erkaklarimizga Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning hikmatlaridan, Umar roziyallohu anhuning adolatlaridan, Usmon roziyallohu anhuning hilmlaridan, Ali roziyallohu anhuning shijoatlaridan bersin. ayollarimizga, onalarimizning taqvolaridan, hayo iffatlaridan, Alloh va Uning Rasuliga bo‘lgan itoatlaridan nasib aylasin. yoshlarimizga, jajji bolajonlarimizga komil va go‘zal tarbiyada voyaga etishlikni muyassar qilsin.

3 May 2022, 09:05 | Savol-javoblar | 135 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar