Qarilikda xotira susayishi
Assalomu alaykum! 80 yoshdan oshgan onaxon namozlarida adashib ketyapti. Farzmidi, sunnatmidi nechanchi rak’at eslolmay kolyapti ekan. Qanday yo‘l tutishi kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Toqati etganicha o‘qiyveradi. Yonidagilar kuzatib turishsa ko‘proq qaysi o‘rinda adashayotgan bo‘lsa namozdan oldin o‘sha joyiga ahamiyat berishini uqtirib qo‘yiladi. Ularga har namoz vaqti bo‘lganidan tahorat va namozlarini esiga solib turishi kerak. Alloh insonlarni aqliga yarasha amal qilishga buyuradi. Aqli zaiflashgan o‘rinlarda gohida butkul soqit bo‘ladi, majnunlardagi kabi. Undan aqli joyidarog‘ida bo‘lsa o‘shanga yarasha amalga mukallaf bo‘ladi. Aqllari mukammallarning amallari ham, javobgarliklari ham o‘shanga yarasha bo‘ladi. Bir domla Alloh subhaanahu va taoloning sifatlarini bayon qilib “Alloh ko‘rish uchun ko‘zga muhtoj emas, eshitish uchun quloqqa muhtoj emas va so‘zlash uchun tilga muhtoj emas, Alloh taolo bu kabi a’zolardan pok, Allohga bu narsalar bor deb aytish joiz emas” deb ma’viza qilsa uning ma’vizasini eshitib o‘tirganlardan bir ayol achingandek “Allohimizni ko‘zi, qulog‘i va tili yo‘qmi?” degan gapni aytgan ekan. Ayolning bunday deyishi fiqhiy kitoblarga solishtirilganda ayol Allohga ko‘z, quloq va tilsiz nuqsonli bir bandaga achingandek muomalani qilgan bo‘ladi, bu esa kufr bo‘ladi. Lekin ayolning aqli shungagina etganligi uchun u ayolni kofir deb hukm qilinmaydi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 09:19 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar