Turli mavzu

Assalomu alaykum! Biz oilada ikki farzandmiz man va ukam Alxamdulillax ibodatda sobit bo‘lishga xarakat qilamiz ukam bilan, lekin dadam bilan onam umuman boshqa dunyo sabrsiz dinu-diyonatini unutgan odamlar, bizni o‘rishaverishadi doim kir qidiraverishadi ayniqsa onam man institutda o‘qiyman xam 2 joyda ishlayman ukam ishlaydi ukam 20 yosh man 22 yoshman, ukam judda yaxshi bola, yomon yo‘lda yurmaydi Alloh ni tanigan taqvodor yigit, lekin bizni onamiz yomon ko‘radi qiynayveradi oddiy muommoni xam katta qiladi sabrsiz tinmay qarg‘aydi bizni jonimizdan tuydirdi to‘g‘risini aytganda xamma alamini bizdan oladi qancha yaxshi gapirsak shuncha bizni ezadi, uyga xam kelgimiz kelmay qolyapdi oxirgi paytlar umuman onamizga nisbatan mehrimiz qolmadi Alloh kechirsin tezroq o‘lib ketsaydi degan xayol xam kelyapdi tinmay boshqalarni bolasi boqyapdi deb bizni juddayam yomon qiynayapdi topgan pulimizni xammasini olvoladi umuman uyga ishlatmaydi o‘zi uchun ishlatadi mayli rozimiz lekin bizdan yanada ko‘proqni talab qilyapdi xarom ishlarni qilishga undayapdi, va biz xechqachon qilmaymiz unday ishlarni, pulimiz kam bo‘lsa bizni och qoldiradi ovqat yegizdirmaydi, uyga kiritmaydi qarg‘ab tashlaydi bizni, rozi emasman ikki dunyo deb shunaqa onalar xam bo‘ladi o‘rtaqlarimizni onalariga kichikligimizdan xavas qilib katta bo‘ldik o‘gay emas o‘z tuqqan onamiz ahir aybiz tug‘ilganimizmi shu xolatda aytayotgan qarg‘ishi o‘tadimi? Dilimizni juddayam og‘rida tinch kunimiz yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noo‘rin aytilgan qarg‘ishlar zarar qilmaydi. Ular nima qilishsa ham sizlar o‘z farzandlik burchlaringizni ado etaveringlar. Bu sinov-imtihon, sabr qilib imtihondan yaxshi o‘tsangiz ajr-mukofoti mislsiz bo‘ladi. Ularni shariatga xilof bo‘lgan buyruqlariga norozi bo‘linglar. Modomiki shariatga xilof ishga buyurishmasa itoat qilinglar. Alloh nusrat bersin. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar