homiy bo‘lganda

Assalamu alaykum. Hazrat siz ilmni pulga sotadiganlar sirasiga kirmaysiz, bunga ishonchim komil. Faqat sizni kitob, disklarizi litsenziyasi va bir qator hujjatlawtiriw iwlarini va sohta kitoblar ko‘paymasligini oldini olish maqsadida bu gaplarni aytyapsiz deb o‘ylayman. Agar hamma harajatlarni zimmasiga oladigan homiy chiqib ushbu disklarni sotsa, va bu homiy diskni sotib olgan odamni bu disklarni(kitoblarni emas) bemalol notijorat maqsadda ko‘paytirishiga rozi bo‘lsa, siz ham bunga qarshi bo‘lmasmidingiz?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Homiy qanday qilib disklarni sotadi? Qanday qilib ko‘paytirishga ruxsat beradi? Mumkin emas. Homiy ma’lum adad disklarga pul to‘lashi mumkin. Ammo mualliflik haqqini sotib olmaydi-ku. Ilmni pulga sotish nimaligini bilib olib keyin gap ayting. Mualliflik haqqi to‘g‘risidagi fatvolarni o‘rganing. Keyin tushunib qolsangiz, ajab emas.

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar