shubhali gusht haqida

Assalomu alaykum hurmatli Shayh Hazratlari:Biz chet elda musofirchilikda ishlaymiz. Bu erda musulmonlar oz bo‘lganligi uchun bu erning aholisi so‘ygan go‘shtdan sotib olib ushbu hadisga muvofiq istemol qilishlik jo‘izmi?Oysha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir qavm Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasulalloh, bizga bir qavm go‘sht olib kelib turadi. Lekin, biz ul go‘sht «bismillo» aytib so‘yilgan hayvonning go‘shtimi eki yo‘qmi, bilmaymiz», — deyishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O’zlaringiz «bismillo» aytib eyaveringlar!»— dedilar». (islom.ziyouz.’om AL-JOME‘ AS-SAHIH (2-jild). Imom Ismoil al-Buxoriy.)Javobingiz uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu hadisda so‘yuvchilar “Bismillah” aytishni biladigan odamlar bo‘lishi e’tiborga olingan. Sizlar turgan joyda ham odamlar odatda shariatga muvofiq so‘yadigan bo‘lsalar, ushbu hadisga amal qilish mumkin. Ammo so‘yuvchilar shariatga nomuvofiq so‘yishlari odat bo‘lsa, bo‘lmaydi.

3 May 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar