Hokim va hofiz

Assalomu alaykum hurmatli Shayx Hazratlari­.Bir olim hadis ilmida hokim darajasiga­ etishish uchun qancha hadis yodlagan bo‘lishi lozim? Hofiz darajasiga­ etishish uchunchi?Javobingiz­ uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hofiz darajasiga etish uchun qanqa hadisni yod olish kerak degan savolga bir javob berish qiyin. Chunki turli zamonlarda turli sonlar aytilgan. Misol uchun imom Ahmad ibn Hanbal etti yuz ellik ming hadisni yod olganlarini o‘zlari aytganlar. Imom Buxoriy esa, yuz ming sahih, ikki yuz ming sahihimas hadisni yod olganlarini o‘zlari aytganlar.Xadisda "Xokim" unvoni hamma hadislarni yaxshi bilgan shaxsdir. Ba’zi ulamolarning aytishicha, ozgina narsani bilmasligi mumkin.

3 May 2022, 15:20 | Savol-javoblar | 145 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar