qibla haqidi
Assalomu aleykum hazrat sizga bir savolim bor bizning qishloqda namozni kun botish tomonga qarab o‘qiladi internetda esa dunyoning haritasi orqli o‘z uyimizni va kaba tillohni ko‘rdim unga ko‘ra biz bir oz hato o‘qir ekanmiz uyimizning tog‘risiga emas balki burchak rog‘ga qarab o‘qishimiz kerak ekan buni opoddomlaga korsatib shunday ekan tog‘ri emas bir oz burilib roq o‘qiylik namozni desam yo‘q to‘g‘ri oqiy veramiz yuzimizning bir tomoni qiblaga qarab turadi dedilar va bitta biz emas hamma hattoki masjiddaham qiblani o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi qadimdan shunday holatda qiblani belgilab o‘qib kelingan namozni bo‘laveradi dedilar lekin meni ko‘nglim biroz g‘ash bo‘lib qoldi nima qilay hazrat javobingiz u.n oldindan rahmat bir inson quronni yodlab qori bolmoqchi unung haqqiga duo qilsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalgi paytlarda sizdagi kabi asboblar bo‘lmagan. Shuning uchun ham, odamlar imkonlariga qarab qiblani belgilashgan. Shariat bo‘yicha namozxon Ka’baning ayni o‘ziga qarab namoz o‘qishi shart deyilgan emas. Tomoniga qarab deyilgan. Siz o‘zingiz bilganingizdan keyin o‘zingiz bilgancha o‘qing. Boshqalar bilan tortishmang. Fiqh kitoblaridagi qibla to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib oling.
27 May 2022, 05:48 | Savol-javoblar | 182 | Namoz