Bug‘ ro‘zani ochadimi

            Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Ramazon ayyomingiz muborak bo‘lsin. Men yotoqxonada yashayman. Qavat bo‘yicha oshxona umumiy. Iftorlikga tayyorgarlik ko‘rish uchun (iftorlik vaqti kirmasidan avval) oshxonaga kirganimda, gohida oshxona qo‘shnilarning qozonlari qaynaganidan bug‘lanib, ovqatning bug‘i havoga ko‘tarilgan bo‘ladi. Kirishga ikkilanaman. Ushbu holatda kirib borsam va u erda bo‘lsam, ro‘zam ochilmaydimi? Shunga o‘xshash holat kunduz vaqtida bozorlarda yurganda va jamoat ovqatlanish joylari oldidan o‘tganda ham uchrayapdi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ochilmaydi. Bu kabi beixtiyoriy ishlar shariatimizda uzrli hisoblanadi. Ko‘chadagi changlar, tutunlar ham shunga kiradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar