Belgilangandan qimmatroqqa sotish
Assalomu alaykum! Ustozlar, ilmingiz bundanda ziyoda bo‘lsin. Men savdo do‘konida sotuvchi (shogird) bo‘lib ishlayman. Boshlig‘imiz (ustozim) bizga maxsulotlarni narxini falon so‘mdan sotinglar deb belgilab berishadi, savdoda xaridorlar bilan savdolashib narxini pasaytirishga to‘g‘ri keladi. Ustozim buni bilishadi albatta. Menga berayotgan oyliklari o‘zimdan ortmayabdi, orttirib uyga olib kirayotgan pulim otamni qoniqtirmayabdi. Savolim shundan iboratki, ustozim aytgan narxdan balandroq narx qo‘yib maxsulotdan foyda qilsam va ustozim aytgan narxda pullarni topshirib qolgan foydani o‘zimga olib qolsam bo‘ladimi? Buni javobi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:20 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom