Mashinaning sarf-xarajatiga to‘la haqlimanmi?
Assalomu alaykum. 1). Bay qilib, 5000 dollarga sotib olgan mashinamga, taxminan 2200 dollar atrofida sarf qildim. Mashina o‘zimniki deb o‘ylab, hisoblamay sarflaganim uchun, aniq raqamni bilmayman. Mashina taqiqda ekan, MIB tortib olib, birjada sotib yubordi. Sotgan odam necha pul to‘lay deyapti. Men 5000 dollar mashinaning tan puli va taxminan 2200 dollar qo‘shimcha xarajat bilan jami 7200 dollar berasiz, deyapman. Agar men mashinaga 2200 emas, 1200 dollar sarflagan bo‘lsam-chi? Unda 1000 dollar ribo olgan bo‘lamanmi? 2). Bay qilib olganman-ku, xohlagan narximni hisoblashga haqlimanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mashinani qaytib sotganingizda siz xohlagan narxda sotishingiz mumkin edi. Sizlar esa savdoni buzdinglar. Shuning uchun berganingiz va sarf qilganingiznigina olasiz. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat