Tushida tish tushsa

Assalamu alaykum! Uzr, savolni yana qayta berayotgan bulsam. Kecha tushimda chap tarafdagi bitta tishim tushib qoldi. Keyinchalik ushbu tishni olib enamga ko‘rsatibman va u tishni ro‘molchasiga solib olib qo‘ydi. Endi meni o‘y xayollar o‘rab olmoqda. Chunki “tushda tish tushsa, yaqin odamingdan ajralasan” degan gap bor. Dinimizda bu haqida nima yozilgan? Hazratimizning "Hadis va Hayot" kitobida yozilgan ekan, lekin men ushbu kitobni o‘zimizning viloyatimizdan topa olmadim. Shunga sizlar nima deysizlar? Men qanday qilib bu xayollardan qutulishim mumkin? Oldindan rahmat, sog‘ bo‘linglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=3910.0 Har qanday tush ko‘rsangiz ham albatta yaxshilikka yo‘ying. Tush xuddi qush oyog‘ida olib ketayotgan narsaga o‘xshaydi. Ozgina harakat yoki sabab bilan ham qush uni to‘g‘ri kelgan joyga tashlab yuboradi. Shuning uchun tushni nimaga ta’bir qilsangiz o‘sha bo‘ladi. Vallohu a’lam.

20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 505 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar