Kazo va kasr namozlari
Ollox rozi bo‘lsin Sizdan, Siz orkali barchamizdan. Hazrat, bundan ikki yil burun bir ma’ruzada, kiyomat kuni kim namozdan eson omon utsa kolganlaridan xam, karami va marxamati ila oson utadi, ma’noda ma’ruza eshituvdim. Ya’ni, namozni kazo kilmanglar, nobodo kazosi bulsa ado etinglar deyilgandi. Shundan beri, ikki yildan buyon kuniga, uch kunlik kazo namozini ado etib kelyabman. Savolim shundan iboratki, xozirgi kunda safarda edim, niyatni xar doimdek kilamanmi kazoga yoki masalan, niyat kildim ukilmagan peshin namozini turt rakat farzini, ikki rakat kasr kilib ukishga deyiladimi? Sizga va yordamchilarizga kattakon, RAXMAT. OLLOX ROZI BULSIN SIZLARDAN VA SIZ ORKALI BIZLARDAN XAM! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Biror uzr va zarurat yuzasidan o‘tkazib qo‘yilgan namozlarning qazosi qazo qilingan paytdagi ko‘rinishda o‘qiladi. Musofir kishi muqimligida qazo qilgan to‘rt rakaatlik namozini to‘rt rakaat qilib, muqim kishi safardaligida qazo qilgan qasr qilib o‘qishi kerak bo‘lgan namozini ikki rakaat qilib o‘qiydi. Qazo qilish farz namozida farz, vojibda vojib va sunnatda sunnatdir. Qazo uchun muayyan vaqt belgilanmagan. Namoz o‘qish makruh bo‘lgan; quyosh chiqish, zavol va quyosh botar vaqti bo‘lmish uch vaqtdan tashqari hamma vaqt qazo namozi uchun vaqt hisoblanadi. Chunki o‘sha uch vaqtda namoz o‘qish nojoizdir. Bu kabi ma’lumotlar “Al - Bahrur – ro‘iq” asarida ham kelgan. (4/62). https://www. fiqh. uz/dolzarb-mavzular/119-maqola. html
Namozning qazosi «Qazo – ado kabidir» qoidasiga ko‘ra bajariladi. Namozning qazosini o‘qiyotgan kishi uni o‘z vaqtida ado qilganda qanday o‘qiydigan bo‘lsa, xuddi shunday o‘qiydi. Shunga ko‘ra, safarda o‘qimay qoldirgan namozini – musofir bo‘lsin, muqim bo‘lsin – qasr qilib o‘qiydi. Xuddi shuningdek, hazarda – muqimlikda qoldirgan namozini safarda qazo qilsa ham, to‘liq ado etadi.
Namozning faqat farzlari va Vitr vojib namozi qazo qilinadi. Sunnat namozlar qazo qilinmaydi. https://www. fiqh. uz/dolzarb-mavzular/sara-maqolalar/184-fatvo. html
20 Апрел 2022, 19:14 | Савол-жавоблар | 226 | Ibodatlar