Jannatdagi hurlar
Assalomu alaykum! Ustozlar Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. 1) savol men Voqea surasida jannat egalari va do‘zax egalarini o‘qib chiqdim, albatta jannat egalariga beriladigan xurlarni yashirilgan dur kabi beqiyosligini o‘qib, bu dunyo sinovlarga sabr qilolmagan yigit va qizlarimiz xayolimdan o‘tdi. Ustoz biz xurlardan ibodatlarimiz bilan ustun bo‘lamiz, biz Allohni buyurganlarini qilib, qaytarganlaridan qaytsak barcha xurlardan go‘zalligimiz bilan xam ustun bo‘lolamizmi? 2) Har bir jannat erkaklarini xuri bo‘ladimi yoki bu dunyodagi ayoli bilan jannatda birga bo‘lsa shu kifoya bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Albatta. 2). Alloh taolo “Sajda” surasida marhamat qiladi: فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّا أُخْفِيَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍ جَزَاء بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 17. Bas, hech bir jon ular uchun qilib o‘tgan amallarining mukofotiga berkitib qo‘yilgan ko‘z quvonchlarini bilmas. Ya’ni hech bir odam yaxshi amallari evaziga jannatda berkitib qo‘yilgan, ko‘zni quvontiradigan mukofotlar borligini idrok qila bilmaydi. Ular, riyo bo‘lmasin deb, amallarni kechasi, maxfiy ravishda qilganlari uchun, Alloh taolo ham ularga beradigan mukofotini maxfiy qilib, berkitib qo‘ygan. Imom Buxoriy ushbu oyati karima haqida Abu Hurayra roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltirgan ekanlar: «Rusululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Men solih bandalarim uchun ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan va basharning xayoliga ham kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘ydim», – degan», – dedilar». So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Agar xohlasangiz, «Bas, hech bir jon ular uchun...» oyatini o‘qinglar», – dedi». Albatta, Allohga iymon keltirib, yaxshi amallarni qilib, yuqoridagi sifatlarni o‘zida jamlagan kishilar mazkur mukofotlarga sazovor bo‘ladilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ اللهُ أَعْدَدْتُ لِعِبَادِيَ الصَّالِحِينَ مَا لَا عَيْنَ رَأَتْ، وَلَا أُذُنَ سَمِعَتْ، وَلَا خَطَرَ عَلَى قَلْبِ بَشَرٍ، فَاقْرَءُوا إِنْ شِئْتُمْ فَلَا تَعْلَمُ نَفْسٌ مَّا أُخْفِيَ لَهُم مِّن قُرَّةِ أَعْيُنٍ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh: «Solih bandalarimga ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, biror insonning ko‘ngliga kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘yganman», dedi. Xohlasangiz, «Bas, hech bir jon ular uchun berkitib qo‘yilgan ko‘z quvonchlarini bilmas»ni o‘qing», dedilar». عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم أَوَّلُ زُمْرَةٍ تَلِجُ الْجَنَّةَ صُورَتُهُمْ عَلَى صُورَةِ الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ، لَا يَبْصُقُونَ فِيهَا وَلَا يَمْتَخِطُونَ وَلَا يَتَغَوَّطُونَ، آنِيَتُهُمْ فِيهَا الذَّهَبُ، أَمْشَاطُهُمْ مِنَ الذَّهَبِ وَالْفِضَّةِ، وَمَجَامِرُهُمُ الْأَلُوَّةُ، وَرَشْحُهُمُ الْمِسْكُ، وَلِكُلِّ وَاحِدٍ مِنْهُمْ زَوْجَتَانِ، يُرَى مُخُّ سُوقِهِمَا مِنْ وَرَاءِ اللَّحْمِ، مِنَ الْحُسْنِ، لَا اخْتِلَافَ بَيْنَهُمْ وَلَا تَبَاغُضَ، قُلُوبُهُمْ قَلْبٌ وَاحِدٌ، يُسَبِّحُونَ اللهَ بُكْرَةً وَعَشِيًّا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Jannatga kiradigan birinchi jamoaning ko‘rinishi oy to‘lgan kechadagi to‘lin oydek bo‘ladi. Ular u erda tupurishmaydi ham, burun ham qoqishmaydi, qazoi hojat ham qilishmaydi. U erda ularning idishlari tilla, taroqlari tillayu kumushdan, tutatqisi aluvva,* terlari esa mushk bo‘ladi. Har birlarining ikkitadan jufti haloli bo‘lib, go‘zalliklaridan go‘sht tagidan boldirlarining iligi ko‘rinib turadi.* (Ahli jannatning) o‘rtalarida ixtilof ham, bir birini yomon ko‘rish ham yo‘q. Qalblari bir qalbdek. Ertayu kech Allohga tasbeh aytishadi». * Aluvva – xushbo‘ylik. «Uluvva» ham deyiladi. * Bu erda jannat hurlarining go‘zalligi, xususan, badanining naqadar musaffoligi vasf qilinmoqda. Imom Termiziy keltirgan rivoyatda «Boldirining oqligi etmish qavat kiyim ostidan ham ko‘rinadi...» deb ham tasvirlangan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 10:49 | Савол-жавоблар | 233 | Dolzarb savollar