Najosat tekkan narsa bor xonada namoz

Assalomu alaykum! Ustozlar,  Hazratning «Mo‘minning me’roji» degan kitoblarida g‘aliza va hafifa najosatlarning hukmi haqida yozilgan. Ana shu najosatlarning (hafifami g‘alizami ) birortasi namoz o‘qiladigan xonada bo‘lsa u erda namoz o‘qish joiz bo‘ladimi? Masalan spirt gilamga to‘kilib ketsa, bolalarning peshobi ko‘rpalarda bo‘lsa, qon gilamdami bo‘lsami va hakozolar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz bo‘ladi. Oyog‘i va peshonasini qo‘yadigan joyda bo‘lmasa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 10:50 | Савол-жавоблар | 189 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar