Namozdagi imomga ergashganlar to‘g‘risida

Assalomu alaykum shayx janoblari, Farz namozida imomga ergashgan (adashmasam, muqtadiy) kishi imomga qo‘shilib suralarni (“Fotiha” va zam sura) o‘qiydimi? Bu masala agar imom maxfiy o‘qisa qanaqa bo‘ladi (masalan, peshin, asr, shomning 3chi rakati, xuftanning 3-4- rakatlari) ?Alloh ushbu xayrli ishingizga ajrlar va rivojlar bersin, hamda rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muktadiy jim turib kulok soladi.Namoz oshkorami, maxfiymi bari bir muktadiy kiroat kilmay jim turadi. Bunga bir kancha dalillar bor.Allox taolo Kur’oni Karimda: «Kachonki, Kur’on kiroat kilinsa, uni eshitinglar va jim turinglar», degan (A’rof, 204-oyat). Demak, imom kiroat kilayotganda iktido kiluvchi, jim turib tinglashi kerak. Imom Axmad «Odamlarning barchasi bu namozda ekaniga ijmo’ kilganlar», deganlar.Bu oyatda eshitish va jim turishga buyurilmokda. Kiroat oshkora bo‘lganda eshitiladi. Kiroat maxfiy bo‘lganda jim turiladi.Shuning uchun xam, jumxuri ulamolar, jumladan, Xanafiy mazxabi xam, iktido kiluvi shaxs, imomning ortidan turib umuman, jumladan, «Fotixa» surasini xam kiroat kilmaydi, deydilar. Xamda bir kancha xadislarni xam xujjat kilib keltiradilar. Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi: «Paygambar sollalloxu alayxi vasallam o‘zlari ovoz chikarib kiroat kilgan namozdan burilib: «Xozir men bilan sizdan biror kishi kiroat kildimi?» dedilar. Bir kishi: «Xa, ey, Alloxning Rasuli», dedi. U zot: «Aytdim, nimaga men Kur’onda jazb kilinayapman, deb», dedilar. Bas, odamlar ovoz chikarib kiroat kilinadigan namozlarda Rasulullox sollalloxu alayxi vasallam bilan kiroat kilishdan to‘xtadilar». Sunan egalari rivoyat kilishgan. Jobir roziyalloxu anxudan rivoyat kilinadi. U kishi aytadilarki: «Kim bir rak’at namoz o‘kisayu unda Ummul Kur’onni o‘kimasa, namoz o‘kimabdi. Magar imomning ortida bo‘lsa (o‘kimasin)». Termiziy rivoyat kilgan va «saxix» degan.Bu rivoyatda imomning ortidan «Fotixa» surasini o‘kib bo‘lmasligi ochik oydin aytilmokda.Imom Muslim Abu Xurayra roziyalloxu anxudan kilgan rivoyatda Paygambarimiz sollalloxu alayxi vasallam: «Kachon imom takbir aytsa, takbir aytinglar va kachon kiroat kilsa jim turib, tinglanglar», deganlar.Ibn Moja, Dora Kutniy, Tabaroniy, Ibn Xibbonlar Jobir ibn Abdullox, Ibn Umar, Abu Sa’d al-Xudriy, Abu Xurayra, Ibn Abbos va Ibn Molik roziyalloxu anxumlardan rivoyat kilingan xadisi sharifda Paygambarimiz sollalloxu alayxi vasallam: «Kim imomning ortidan namoz o‘kisa, imomning kiroati, uning kiroatidir», deganlar.

21 Апрел 2022, 11:23 | Савол-жавоблар | 150 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar