G‘amgin bo‘lganda musiqa eshitaman

Assalomu alaykum! Men hozir 18 yoshdaman. Ustozlar, ba’zan g‘amgin holatga tushib qolganimda o‘zimni musiqa bilan ovutaman, bunday holat ko‘p takrorlanadi. Men g‘amgin holatga tushaverishim o‘zimni o‘zim halokatga otishim, zulm qilishim emasmi? Qanday o‘zimni aldashni, ovutishni, qalbga qanday taskin berishni bilmayabman? Insonlar orasida doim g‘amni yashirib ularni ko‘ngliga qarab gaplashaman, keyin yaqin insonim yonimdan ketgach yana shunday holatga tushib qolyabman. Menga nima qilishni va qanday duo qilishni o‘rgating.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taoloning barcha ibodatlarida mahkam turib, musiqa o‘rniga doim Qur’on tilovatini eshitib yuring va har kuni bamdod va shomdan keyin 100 marta لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ ni o‘qishni vazifa qilib oling. Duoning ma’nosi: «Allohdan o‘zga ibodatga sazovor Zot yo‘q. Uning O‘zi yolg‘izdir, sherigi yo‘qdir. Mulk Unikidir. Hamd Unikidir. U har bir narsaga qodirdir. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda o‘qigan duolarini ham o‘qib yuring. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 155 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar