So‘z ma’nosi haqida

Assalomu alaykum! Ishlaringizga xayru barakot tilayman. Kecha bir muallim bilan gaplashib koldim. U universitetda talabalarga dars beradi. U Alloh so‘zi allaktika -galaktika so‘zidan olingan dedi. Men yakkayu yagona yolg‘iz degan ma’noni anglatadi dedim. U keyin “bari bekor. O‘zlaring bilmisanlar ma’nosini, masalan muslim, mo‘min degan so‘zlarning ma’nosini, bular dinga aloqasi yo‘q so‘zlar” dedi. Yana nazarimda dinimizda keltirilgan haqiqatlarga qarshi  bir nimalar dedi. To‘g‘risi domla bilan talashgim ham kelmay indamay qo‘yaqoldim. Chunki menga javobi yoqmadi, balkim ilmsizlik qilgandirman. U odamga nima deyish kerak? Javobingizni intizorlik bilan kutib qolaman. Yanada bir hissaga bo‘lsayam diniy ilmim oshsa juda xursand bo‘lardim. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U odam juda katta gunohga jur’at qilibdi. Unga nasihat qilish kerak. «Alloh» lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo‘lib, ma’bud – ibodat qilingan Zot – ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning avvaliga alif va lom harflari kiritilgan va «al-ilohu» hosil bo‘lgan. So‘ngra hamzaning harakatining lomi ta’rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harf idg‘om qilinganidan keyin «Alloh» lafzi hosil bo‘lgan. «Alloh» lafzi yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo‘lib qolgan. U Zotdan boshqaga bu ism ishlatilmaydi. Ba’zi ulamolar: «Alloh ismi a’zamdir», deganlar. Bu lafzi jalola haqida Ibn Atoulloh Sakandariy kabi zotlar alohida kitoblar ham yozganlar. (“Sunniy aqiydalar” kitobidan). Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 11:24 | Савол-жавоблар | 174 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar