Dunyoni tebratgan buyuklar — Abu Homid G‘azzoliy
Assalomu alaykum! Savolim Dunyoni tebratgan buyuklar rukni ostidagi «Abu Homid G‘azzoliy» risolasi haqida. 36-betdagi iqtibos. G‘azzoliy Islom olamida tanilgan ulug‘ mutakallim va mutafakkir olim bo‘lishiga qaramay, uning barcha qarashlari ham kalom ilmiga muvofiq kelavermas edi, u bu ilmni g‘uluvga ketgani uchun qoralar edi. U yana mutakallimlardan «Barcha musulmonlar kalom ilmini o‘rganishlari shart, ular bu ilmning dalillar va taqsimot tartiblarini bilishlari lozim, uni bilmagan, kalom ilmi va uning dalillari orqali Alloh taoloni tanimagan kishining dini noqis yoki iymonida shubha bor», deb aytuvchilarni qoralardi. Imom G‘azzoliy qanday g‘uluvga ketganligi haqida gapirilgan shuni tushunmadim? (balkim u kishining muhtasar hayoti yoritilgani uchun mayda ma’lumotlargacha berilmagandir).
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir vaqtlar Yunon falsafasi Islom diniga kirib kelgan edi. O‘sha vaqtlarda ilmi kalom, mantiq va falsafa juda ham rivojlangan edi. Islom ulamolari ham o‘sha ilmni chuqur o‘zlashtirishar va Islom aqiydalarini o‘sha falsafa va mantiqlar orqali isbotlashga urinishgan. Alhamdulillah hozirgi kunga kelib Islom azaldagi sof holiga keldi. Ularni Qur’on va sunnat orqali isbotlash kifoya qiladi. Falsafalarga hojat qolmadi. O‘sha vaqtda keng tarqalgan firqalarning shon-shavkati ham hozirga kelib qolmagan. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 11:59 | Савол-жавоблар | 165 | Ta’lim va muta’allim