Valyuta almashtirish
Assalomu alaykum! Bir inson boshqa bir insonning chet el valyutasini milliy valyutaga almashtirishida yordam berib o‘rtada vositachilik qilsa, ya’ni aniqroq aytadigan bo‘lsam Inson ikki kishining o‘rtasida foyda ham ziyon ham ko‘rmasdan faqat vositachi sifatida bir insondan chet el valyutasini olib boshqa bir insonni oldiga yakka o‘zi borib valyutani milliy valyutaga almashtirib kelsa bo‘ladimi. Bu vaziyatda ma ol,ma ol qoidasi faqat bir taraflama bulib qolganligi uchun so‘ramoqdaman. Bu vaziyatta o‘rtadagi vositachining holati nima bo‘ladi? Gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Buni so‘raganim sababi o‘zimda ham bu holat ba’zi ba’zida bo‘lib turadi. Shunday ishda vositachilik qilish mumkinmi? Bu holatning shariatimizda hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Pul ayirboshlashga (ya’ni sarroflikka) boshqani vakil qilish joiz. Vakil bu hizmati uchun ish haqi olishi ham joiz. Vakilning qo‘lidagi pul omonat molidir. Omonat moliga nisbatan beparvolik yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymagan holatda mol zoe’ bo‘lsa vakil to‘lab bermaydi. Vallohu a’lam!
22 Июн 2022, 02:22 | Савол-жавоблар | 183 | Moliya va tijorat