Onamning plastik kartasi

Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar, onamning bir tanishlari plastik kartalaridan 1.000.000 so‘m  echib beraman 4% evaziga deb taklif qilgan ekan beilmlik qilib, arzon tuyilib xalol pullarini xarom bo‘lishiga  rozi bo‘lib qo‘yibdilar. Juda asabiylashdim va 960.000 olib kelgan pullarini boshqa pullarga aralashtirmastan bir chekkaga olib qo‘ying bu pul harom, buni ehson qilib yuboramiz deb aytdim rozi bo‘ldilar. Bu qilgan ishlarining kafforati nimaligi  va qanday yo‘l tutishimiz kerakligi xaqida malumot beringlar, nima qilsalar Alloh kechiradi? Bir savolning javobida aytgan edilaring xarom aralashgan pullarni masjidga ehson qilinmaydi, masjidga pok, xalol mexnat ila topilganini exson qilinadi deb yozgan edilaring. Biz shu pulni biror muxtoj bemorga xadya qilsak bo‘ladimi? Bu berib yuborilgan 960.000 so‘m pulni kafforat evaziga berilayotganda niyatni qanday qilinadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U pulni harom deb bo‘lmaydi, lekin qilgan ishlari harom. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:23 | Савол-жавоблар | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar