Qarzni to‘lash
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Yoshim 54da 1972-yili bir qari tikuvchi ayolga 20 rubldan 2ta ko‘ylak tiktirganman. Bitta ko‘ylakni pulini berib, ikkinchi ko‘ylakni pulini keyin berishga kelishganman. Pulni berish uchun borganimda u ayol ko‘chib ketibdi, topishni iloji bo‘lmadi. Hozirgi paytda vafot etgan bo‘lsa ham kerak, xech topolmadim. Qarzdan qanday qutilsam bo‘ladi? Sadaqa qilsam necha pul sadaqa qilishim kerak? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zi vafot qilgan bo‘lsa imkon qadar merosxo‘rlarini topishga harakat qilasiz. Pulni berishda o‘sha vaqtda 20 rublga qancha tillo sotilgan bo‘lsa, o‘shancha qiymatni berasiz. Mabodo topishni imkoni bo‘lmasa o‘sha ayolning nomidan o‘shancha miqdorni sadaqa qilasiz. Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 16:23 | Савол-жавоблар | 145 | Halol va harom