Xonadon tinch va barakali bo‘lishi uchun

Assalomu alaykum! Bir hadisda o‘qigan edim, Baxtsizlik uch narsada; xovlida, xotinda va markabda deyilgan ekan. Baxtsizlik agar xovlida bo‘lsa unga qarshi kurash usuli bormi(hovlini almashtirmay yoki sotmasdan)? Xonadon tinch va barakali bo‘lsa. Javobingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uyda azon aytib, Qur’on tilovat qilib turish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ قُبُورًا، وَلَا تَجْعَلُوا قَبْرِي عِيدًا، وَصَلُّوا عَلَيَّ، فَإِنَّ صَلَاتَكُمْ تَبْلُغُنِي حَيْثُ كُنْتُمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالضِّيَاءُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Uylaringizni qabr qilib qo‘ymang. Mening qabrimni iydgoh qilib olmang. Menga salovot ayting. Chunki sizning salovotingiz qaerda bo‘lsangiz ham menga etadi», dedilar».Abu Dovud va Ziyo  rivoyat qilganlar. Shariatimizda haykalcha, suratlar, kuchuk bor uyga farishta kirmaydi deyilgan. Farishta kirmagan joyda shayton, jinlar bo‘ladi. Ular ko‘zga ko‘rinmagani bilan to‘xtamasdan fasod uyushtiradi, vasvasalar qiladi. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Shayton unga arab jaziyrasida namozxonlar ibodat qilishidan noumid bo‘ldi. Ammo ularni bir-birlariga qarshi gij-gijlaydi», dedilar».Sharh: Bas, shundoq ekan bandalar shaytonning ig‘vosiga uchib bir-birlari bilan janjal qilmasinlar. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Iblis o‘z taxtini suv ustiga qo‘yadi va o‘z lashkaridan guruhlarni yuboradi. Ularning eng ko‘p fitnachisi, unga eng yaqinidir. Birisi kelib «undoq qildim, bundoq qildim» deydi. U bo‘lsa «hech narsa qilmabsan!» deydi. Keyin boshqa biri kelib «uni qo‘yarda qo‘ymay xotini bilan orasini buzdim» deydi. U esa o‘shani o‘ziga yaqinlashtirib «Ha! Balli! Sensan!» deydi», dedilar».Sharh: Bundan odamlar orasidagi aloqalarni buzish shayton eng yaxshi ko‘radigan ishlardan biri ekani kelib chiqadi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:23 | Савол-жавоблар | 185 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar