Namozlarim qazo bo‘lib qolmoqda

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, berayotgan savolim noo‘rin bolsa uzr so‘rayman va beradigan javobingizga oldin rahmat. Ustoz yoshim 21 da inistitutda o‘qiyman namozni 2 yildan buyon o‘qib kelayapman lekin namozmda ko‘p qazo bo‘ladi. Qish kunlarida 1 haftada 3-4 kun peshin, asr namozlari qazo bo‘ladi. Peshin namozi esa yakshanbadan boshqa har kuni qazo bo‘ladi. Hozirgi kunlarda qazo namozlarim ko‘payib boryapti. Namozim ma’lum vaqt to‘xtatib turishni ham o‘ylab qolaman ammo gunoxidan qo‘rqaman. Telegram kanallaringizdan birida o‘qib qoldim namozim qabul bo‘layotganini qaerdan bilsam bo‘ladi deyilganda har bir mahal namozing o‘z vaqtida bo‘layaptimi demak qabul bo‘layapti deyilgandi. Meni namozim qabul bo‘lmayaptimi ustoz? Shunga iltimos maslahat bersangiz nima yo‘l tutishim kerak. Yana bir savolim namozdan keyin namozimni savobini so‘rab dadam, bobom va boshqalarni ruhiga bag‘ishlayman shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ham bag‘ishlayman. Shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi? Axir payg‘ambarimiz jannatga kirganlarini bilamiz ham qazo namozlarimni gunohi ularga ham urmaydimi? Ustoz iltimos menga shu masalada yordam bering. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz teskari tashviqot qilmasdan namozni vaqtida o‘qishga harakat qiling. Birini qazo qilib endi boshqalari ham qabul bo‘lmayapti deyish shaytonning vasvasasidir. Farz ibodatlarni savobini bag‘ishlashni aksar ulamolarimiz joiz emas deganlar. Bu xuddi otangiz bir ishga buyursa o‘sha buyrug‘ini bajarib, buyurgan ishingizni bajarganim uchun evazini falonchiga bering deganga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 16:37 | Савол-жавоблар | 150 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar