Ro‘za kafforoti

Assalamu alaykum! 1994-yili dastlab ro‘za tutganimda 3 kundan keyin ochib yuborishga majbur bo‘lganman, sababi oshqzonimda 5mm yara bor edi, shu kasalligim qattiq xuruj qilib chidashni iloji bo‘lmagan. 1995-yili esa 5 maxal namozga ham kirdim, ro‘zani xam to‘la tutdim, faqat o‘rtada bir kun ishxonada bir yoshi katta odam bilan tortishib qolganimda u tarsaki tortib yubordi, shunda siqilganimdan sigaret chekib ro‘zani xam ochib yubordim (2 yildan so‘ng chekishni xam tashlaganman). O‘shanda albatta buning oqibati yomonligini ilmsizligim tufayli bilmaganman. 2005 yili kafforatni boshladim, fakat 49 kun tutganimdan so‘ng ertasiga Qurbon xayiti edi, to‘xtatishga majbur bo‘ldim. 2016-yilgacha doimiy ravishda nafl, sunnat, shavvol oyidagi 6 kun, zulxijjadagi 9 kun va boshqa ro‘zalarni tutib keldim, faqat nafl ro‘zalar o‘rniga avvalgi qazolar deb niyat qilishim kerak ekan, shu oddiy narsani bilmabman. 2016 yildan beri 5 yillik qazo ro‘zalarimni o‘tadim. Savolim shundan iboratki, o‘sha bir kun ochib yuborgan ro‘zani kafforatini tutishim kerak, bu aniq narsa, lekin menda oshqzonimdagi yara va doimiy ravishda qabziyat va ovqat xazm qilishda muammo bo‘ladi, menga fidya berish joizmi yoki kafforatni o‘tashim kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qishning qisqa kunlarida tuta olsangiz, tutib berishingiz shart. Vallohu a’lam!

21 Апрел 2022, 17:04 | Савол-жавоблар | 172 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar