Xayz kurmaydigan ayolning iddasi
Assalomu alaykum! Xayz ko‘rmaydigan ayol (yoshi tufayli yoki operatsiya qilib bachadoni olib tashlanishi sababli) eridan ajrashsa idda o‘tiradimi? Agar bu shart bo‘lsa qaysi mantiqqa asoslanib?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avval idda o‘tirishi shart. Hayz ko‘rmaydigan ayol taloq olgani tufayli uch oy idda o‘tiradi. Kichkinaligi yoki kattaligi (sababli) yoki yoshi etsa ham hayz ko‘rmayotganlarniki uch oydir. Bu hukmning dalili quyidagi oyati karimadir. Alloh taolo Taloq surasida shunday marhamat qilgan: وَاللَّائِي يَئِسْنَ مِنَ الْمَحِيضِ مِن نِّسَائِكُمْ إِنِ ارْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَاثَةُ أَشْهُرٍ وَاللَّائِي لَمْ يَحِضْنَ وَأُوْلَاتُ الْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ «Ayollaringizdan hayzdan noumid bo‘lganlarining iddasi, agar shubhangiz bo‘lsa, uch oydir. Hayz ko‘rmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qo‘ymoqlikdir» (4-oyat).("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
21 Апрел 2022, 17:05 | Савол-жавоблар | 157 | Oila va turmush