Bijuteriya va qo‘l soati

Assalomu alaykum! Izlash orqali bijuteriya Hanafiy mazabida joiz emasligini, qo‘l soati esa joizligini bilib oldim. Savolim shuki, bijuteriya va qo‘l soatining tarkibida kumush ham, tilla ham uchramaydi, lekin nega birini taqish joiz, birini esa joiz emas? Qolaversa, tilla uzuk, ziraklarning tarkibiga mis kabi metallar qo‘shiladi. Kiyimlarga ishlatiladigan tugma, zamok, piston, ilgaklarning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Soatdan maqsad foydalanadigan buyumdir, ziynat emas. Tugmalar ham ziynat emas. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 04:44 | Савол-жавоблар | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar