sehr va jodu
mening ma’lumotim oliy. SamDU ni tugatganman. Keyingi vaqtlarda sehr va jodu haqida juda ko‘p eshitdim, hattoki bular haqida orqavorotdan sekin surishtitrib ko‘rdim. Shayx janoblarining sunnat aqiydalari, folbinlik, sehrgarlik haqidagi kitobini olib o‘qidim va tegishli taasurotlar oldim. Sizlarga raxmat doimio sog‘ bo‘linglar. savolim shundan iborat. Sehrlangan bo‘lsa uni qanday qilib olib tashlash mumkin? sehr tegmasligi va kuchini yo‘qotish uchun qanday amallar qilish mumkin? Doimo tahoratli va 5 vaqt namoz o‘qib yurish kerak aslida. Lekin ish tig‘iz, qolaversa hozirda ish vaqtida namoz o‘qilsa ishdan bo‘shataman deb dag‘-dag‘a qiladi. Bo‘sh xonalar ham yo‘q. Ayting-chi? qaysi suralarni, oyatlarni, kechasi qaysi namozni o‘qish kerak. O‘zimizga o‘zimiz dam solish uchun qaysi suralarni o‘qishimiz kerak va necha marta. Javobingizni intiqlik bilan kutaman! doimio omon bo‘linglar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
“Hadis va Hayot” silsilasining o‘n sakkizinchi juzi “Tib va dam” deb nomlanadi. Unda juda ko‘p ma’lumotlar bor. Afsuski, siz bulardan bexabar ekansiz. Kitobning chop etilganiga bir necha yil bo‘ldi. Nachora, o‘zim yozib qo‘ygan kitobni sizga o‘xshagan azizlarga yakka-yakka qaytadan taqdim qilaman ekan. Sehrning muolajasi. Alloh taoloning bu dunyoda joriy qilib qo‘ygan qonun-qoidalarini taammul bilan o‘ylab ko‘rgan kishi turli ofatlar va bemorliklarning oriz bo‘lishi ham borliqdagi muqaddar qonun-qoidalardan biri ekanini anglab etadi. Bularning hammasi Alloh taolo tomonidan bo‘ladigan sinovdir. Kim solih bandalar balo va musibatlardan uzoqda bo‘ladi deb o‘ylasa xato qiladi. Solih kishiga ofat va musibatlarni etib turishi Allohning unga bo‘lgan muhabbatining alomatidir. Solih kishiga jumladan, bemorliklarni etib turishi Alloh taoloning unga yaxshilikni iroda qilgani alomatidir. Bunday kishilar uchun ofat va bemorliklar gunohlarining kafforatidir. Ha, agar musibatga uchragan banda solih bo‘lsa, musibat uning uchun gunohlarga kafforat yoki darajotlarining ko‘tarilishidir. Agar osiy bo‘lsa, musibat uning uchun yomonliklarini yuvish va bu dunyo bevafoligini eslatishdir. Gohida bandaga sehr va ko‘z tegishi orqali ham musibat etadi. Shuning uchun musulmon odam mazkur ikki narsadan saqlanish yo‘llarini yaxshi bilib olishi kerak. Saqlanish muolaja qilishdan ko‘ra osonroqdir. Sehr va ko‘z tegishdan saqlanish bir necha uslublar ila amalga oshadi 1. Tavhid ila ruhni tetiklashtirish. 2. Borliqdagi barcha narsaning tasarrufini faqatgina Alloh taoloning O‘zi qilishiga iymon keltirish. 3. Yaxshiliklarni ko‘p qilish. 4. Sehrgarligi va ko‘zi borligi ila mashhur bo‘lgan odamlardan uzoqda bo‘lish. 5. Allohdan sehr va ko‘z tegishidan panoh so‘rab kerakli duo va zikrlarni o‘qib yurish. 6. Mazkur duo va zikrlar haq ekani va ularning foydasi borligiga iymon keltirish. Mazkur iymon qancha kuchli bo‘lsa, ta’sir ham shuncha kuchli bo‘ladi. 7. Mazkur duo va zikrlarni aytganda qalbi hozir bo‘lishi. Chunki g‘ofil qalb ila qilingan duo qabul bo‘lmaydi. 8. Kunduzgi duo va zikrlar bomdod va kechkilari asr namozidan keyin aytiladi. 9. Oyatul Kursiy, Baqara surasining oxirgi ikki oyati, Ixlos, Falaq va Nas suralari sehr va ko‘z tegishidan saqlanish uchun o‘qiladi. Boshqa duolar va zikrlar ushbu kitobning tegishli joyida kelgan. 10. Sehrlanib qolganlik va ko‘z tekkanlik alomatlari quyidagicha: kishining a’zolari sog‘ bo‘la turib boshining u er bu eri og‘risa, yuzi sarg‘aysa, ko‘p terlasa va siysa, ishtahasi yo‘qolsa, yuragi bejo bo‘lsa, belining va ikki kuragining pastida og‘riq bo‘lsa, uzrsiz xafalik va yurak siqilishi bo‘lsa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Shuningdek, bekordan-bekorga xavfsirayversa, achchig‘i chiqaversa, odamlarga qo‘shilgisi kelmay qolsa, dangasa bo‘lib qolsa, uyqusi kelaversa, qo‘yingki, tibbiyotga oid bo‘lmagan holatlarga uchrasa, unga sehr yoki ko‘z tekkan bo‘ladi. Musulmon odamning iymoni va qalbi kuchli bo‘lib vasvasaga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Sehr qilingan odam bir necha yo‘l bilan muolaja qilinadi. Birinchisi, sehrning joyi aniq bo‘lsa, uni olib Falaq va Nas suralarini o‘qib turib tugunlari echiladi. So‘ngra kuydirib yuboriladi. Ikkinchisi, sehrni o‘ziga o‘xshash sehr bilan muolaja qilish. Bu ish haromdir. Uchinchisi, shar’iy dam solish yo‘li bilan muolaja qilinadi. Bunda Fotiha, Falaq va Nas suralarini yoki Payg‘abarimiz alayhissalomdan rivoyat qilingan duolarni o‘qiladi. Imom Abdurrazzoq «Musannaf» nomli kitobida sehrning muolajasi haqida quyidagi ma’noni keltirgan: «Sidrning bargidan ettita olinadi. Ularni ikki toshning orasiga olib tuyiladi. Unga Kofirun, Ixlos, Falaq va Nas suralari uch marta o‘qiladi. So‘ngra suvga solib ichiladi va g‘usl qilinadi. Alloh shifo berguncha takror qilinadi». To‘rtinchisi, sehr qilingan narsa qorinda bo‘lsa ich surish, boshqa joyda bo‘lsa, qon olish bilan bo‘shash. 11. Dam solishning shartlaridan biri Allohning ismlari va sifatlari hamda rivoyat qilingan duolar bilan bo‘lishidir. 12. Dam solish arab tilida yoki ma’nosi tushunarli bo‘lishi shart. 13. Dam solish o‘zicha ta’sir qilmasligi, shifoni faqat Allohning O‘zigina berishiga e’tiqod qilmoq shart. 14. Dam soluvchi taqvodor, solih musulmon bo‘lishi kerak. U qanchalar taqvodor bo‘lsa, ta’siri shuncha kuchli bo‘ladi. 15. Dam solish jarayonida sidqidildan Allohga yuzlanish va yolborish lozim. 16. Kishi o‘ziga-o‘zi dam solgani afzal. 17. Dam soldiruvchi kishi solih mo‘min bo‘lishi kerak. 18. Dam soldiruvchi kishi shifoni ixlos bilan Alloh taoloning O‘zidan so‘rashi lozim. 19. Shifo bo‘lmayapti deb shoshilmasligi kerak. 20. Ko‘z tegishidan xavfsiragan joylarga tumor, ko‘zning shakli, otning taqasi kabi narsalarni osish mumkin emas. 21. Sehrgarlar odamlarni o‘ziga ishontirish uchun taqvodor bo‘lib ko‘rinishga harakat qiladilar. Buning uchun ular namoz o‘qishlari, zikr qilishlari va boshqa odamlarni jalb qiladigan ishlarni amalga oshirishlari bor. 22. Sehrgarlarning alomatlari ko‘p. Shulardan biri ular bemorning va uning onasining ismini so‘raydilar. Holbuki shar’iy dam solishda bu ismlarning hech keragi yo‘q. 23. Sehrgarlar ba’zi kiyimlarini yoki kiyim parchalarini keltirishni so‘raydilar. 24. Sehrgarlar ma’lum sifatga ega hayvon keltirishni so‘raydilar. Ularning jinlarga atab so‘yishlari yoki qonini bemorga surtishlari mumkin. Bu ham sehrgarlikning alomati. 25. Sehrgarlar ma’nosini tushunib bo‘lmaydigan tilsim va shakllarni chizadilar. 26. Sehrgarlar bemorga to‘rtburchak shakllar ichiga turli harflar va raqamlar yozilgan varaqlar berishadi. 27. Sehrgarlar bemorlarni odamlarga aralashmay ma’lum muddat alohida xonada yashashni amr qiladilar va hokazolar.
20 Апрел 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 326 | Turli savollar